ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 6 sentabr 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
O’zbekistonda bojxona ishi nazariyasi va amaliyotini takomillashtirish yo’llari
24.05.2010 18:37

Yaqinda Oliy harbiy bojxona institutida “O’zbekiston Respublikasida bojxona ishi nazariyasi va amaliyotini takomillashtirish yo’llari”  mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi o’tkazildi.

       Unda turdosh oliy ta’lim muassasalari olimlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Toshkent Davlat iqtisodiyot Universiteti, O’zbekiston Milliy Universiteti, Soliq akademiyasi,  Toshkent Davlat yuridik instituti hamda turli ilmiy tekshirish institutlarining olimlari, yetakchi mutaxassislari, aspirant va magistrlar shuningdek, DBQ Markaziy apparati, Toshkent shahri va Toshkent viloyati bojxona boshqarmalari hamda «Tosh-Aero» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining mas’ul xodimlari, Oliy harbiy bojxona institutining professor-o’qituvchilari va tinglovchilari ishtirok  etishdi. Tadbirda bir qator markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ham qatnashishdi.
       Konferentsiyada Davlat bojxona qo’mitasining va turli vazirliklarning rahbar xodimlari, yetakchi mutaxassislari, turdosh oliy ta’lim muassasalarining olimlari, shuningdek Oliy harbiy bojxona instituti professor-o’qituvchilarining mavzu yuzasidan chuqur tahliliy ma’ruzalari tinglandi.

        Mustaqillik yillaridagi qisqa tarixiy muddat ichida Prezidentimizning tashabbusi bilan O’zbekistonda xalqaro talablarga javob beradigan bojxona xizmati tashkil etildi, unga huquqni muhofaza qilish organi maqomi berildi. O’zbekiston Respublikasi Parlamenti tomonidan Bojxona kodeksi, “Bojxona xizmati to’g’risida”gi va “Boj tarifi to’g’risida”gi Qonunlar qabul qilindi.
        2003 yilning mayida Soliq akademiyasining “Bojxona ishi” fakulteti va DBQ Bojxona kolleji negizida bojxona xizmati uchun malakali mutaxassislar tayyorlaydigan Markaziy Osiyoda yagona bo’lgan Oliy harbiy bojxona instituti tashkil etildi. Noyob asbob-uskunalar bilan ta’minlangan hamda zamonaviy moddiy-texnik bazaga ega bo’lgan mazkur institutda ta’lim jarayonlari jahonning rivojlangan mamlakatlari o’quv yurtlaridagi ilg’or tajribalar asosida olib borilmoqda. Jumladan, Rossiya Federatsiyasi Bojxona Akademiyasi va Oliy harbiy bojxona instituti o’rtasida mustahkam hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan.
       Tizim faoliyatini samarali yo’lga qo’yishda qonunchilikka rioya etilishini yanada mustahkamlash, bojxona ishi nazariyasi va amaliyotini takomillashtirish, xavfni boshqarish hamda xavfsizlik standartlari talablari asosida bojxona nazoratini tashkil etish kabi jarayonlar eng ustuvor yo’nalishlar hisoblanadi. Ilmiy-amaliy konferentsiya jarayonida uning ishtirokchilari va mehmonlari e’tiboriga havola etilgan ma’ruzalar, turli statistik ma’lumotlar ana shu ustuvor yo’nalishlardan kelib chiqqan holda tayyorlandi.
        Bojxona ma’muriyatchiligi va uning maqsadi, vazifalari; tizimga axborot texnologiyalarini tadbiq etishning bugungi holati, bojxona nazoratini tashkil etish borasidagi islohotlar, kadrlar siyosati, bojxona qonunchiligi kabi muhim mavzularni o’z ichiga olgan konferentsiya qiziqarli va ko’tarinki ruhda o’tdi.
        Konferentsiya ishtirokchilari sohaga oid o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar.
       Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar Oliy harbiy bojxona institutida tinglovchilarning malakali ta’lim olishlari uchun yaratib berilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM