ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Oz emas - ko'p emas, naqd 1 tonna!
02.12.2009 18:53

Pirotexnika mahsulotlarining respublikamiz hududiga kirishi va uning ichki bozorda sotilishining oldini olish maqsadida mutasaddi tashkilotlar qatorida respublikamiz bojxonachilari ham kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda. Ammo ko’rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan ayrim mo’may daromadga ilinjidagi tadbirkorlar yangi yil bayrami arafasida pirotexnika mahsulotlarining bozori chaqqon bo’lishini ko’zlagan holda shu turdagi  mahsulotlarni yurtimizga olib kirishga urinishmoqda.

      Navoiy viloyati bojxonachilari "Kamaz" rusumli avtomashinani to’xtatib bojxona nazoratidan o’tkazishganda, unda fuqaro  B. Bobojonov qiymati 2 mln. so’mdan ziyod Xitoyda ishlab chiqarilgan jami 6 ming donaga yaqin pirotexnika vositalarini noqonuniy olib ketayotganligi aniqlandi.
        Namangan viloyati bojxona boshqarmasi “Qamchiq” harakatdagi bojxona posti xodimlari “MAN” rusumli yuk mashinasini bojxona nazoratidan o’tkazishganda, unda fuqaro I.Nishonovga tegishli, narxi qariyb 2.4 mln so’mlik, 143 ming 400 dona “Noviy vek” nomli pirotexnika vositalarini noqonuniy ravishda olib ketilayotganligini aniqlashdi.
         Joriy yilda pirotexnika vositalari bo’yicha eng yirik holat Sirdaryoda qayd etildi. Katta yo’l chetiga taxlab qo’yilgan qog’oz qutilar va ularning yonida avtobus kutib turgan ayol viloyat bojxona boshqarmasi xodimlarining diqqatini tortdi. Ammo, o’tkazilgan ko’rikdan so’ng barchasi oydinlashdi – ushbu 21 dona qog’oz qutilardagi mahsulot oz emas-ko’p emas, naqd 1 tonnadan ziyod pirotexnika vositalari bo’lib chiqdi. Bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari bo’lmagan mazkur “Treniya” nomli 604 ming 800 dona xavfli paqilloqlarni  shahrisabzlik X.Mo’minova qo’shni respublikadan yashirin ravishda yurtimizga olib kirgan ekan.
         Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Mo’may daromad uchun kelajagimiz egalarining hayotini xavfga qo’yayotgan ushbu kimsalar endi qonun oldida javob beradilar.

 

 


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM