ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
O'yindan o't chiqmasin
16.12.2009 15:55

        Yangi yilni hamma orziqib kutadi. Ayniqsa, bolajonlar. Yil boshidagi bu bayram azaldan shodliklari, tilaklari, ertaklari, bezaklari bilan boshqa ayyomlardan ajralib turadi.Keyingi yillarda bu bayram yana bir qirrasi bilan e’tiborni tortmoqda. U ham bo’lsa bayram kunlari pirotexnika vositalarini yoqish borgan sari salbiy odat tusini olmoqda. Hattoki, ro’parama ro’para joylashgan ko’p qavatli uylarda kimo’zarga aylanib bormoqda. 
          Pirotexnika mahsulotlarining bozori chaqqonligidan foydalanib, mo’maygina daromadli bo’lishni ko’zlagan “tadbirkorlar” noqonuniy yo’llar bilan ularni yurtimizga olib kirish payida bo’lmoqdalar. Bunday kimsalarni bolajonlarning salomatligi, ularning jabrlanib bir umrga mayib-majruh bo’lib qolishi zig’ircha ham qiziqtirmaydi.

       Respublikamiz bojxonachilari tomonidan pirotexnika vositalarining yurtimiz hududiga noqonuniy ravishda olib kirilishining oldini olish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Yaqinda Toshkent viloyati bojxonachilari salkam 600 kg. pirotexnika vositalarining olib kirilishiga chek qo’yishdi.
      Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda Toshkent tumanida yashovchi fuqaro M.Izbasarovning xonadoni ko’zdan kechirilganda, u yerda qo’shni davlatlardan yashirincha olib kirilgan 530 kg. pirotexnika vositalari noqonuniy ravishda saqlanayotgani  ma’lum bo’ldi.
       Tumandagi aylanma yo’llardan birida piyoda harakatlanayotgan noma’lum shaxs esa bojxona xodimlarini ko’rgach, yukini tashlab qo’shni respublika hududi tomon qochib ketadi. Yuklar ko’zdan kechirilganda esa, jami 30 ming donaga yaqin 27 kg. pirotexnika vositalari qoldirilgan ekan.
        Yana bitta holatda poytaxtimizning Maxtumkuli ko’chasi bo’ylab xarakatlanib ketayotgan fuqaro I.Bobamurodov boshqaruvidagi, davlat belgisi 30 R 20 20 bo’lgan Lasetti avtomashinasi to’xtatilib tekshirilganda unda og’irligi 64.1 kg/dan ziyod 4 xil turdagi 14 ming donapirotexnika vositalari borligi aniqlandi.
       Agarda, yuqoridagi holatlarda aniqlangan pirotexnika vositalari manzilga yetkazilganida va sotib yuborilganida ayanchli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin edi.        


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM