![]() |
Davlat Madhiyasi | 31 iyul 2010 | Ðóññêèé | Bosh sahifa | Manzilimiz |
|
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
|
|
Matbuot xizmati
O’t chiqaradigan o’yinchoqlar
20.12.2007 09:33
Yangi yil bayrami arafasida pirotexnika vositalarining yurtimizga noqonuniy ravishda olib kirilishining oldini olish maqsadida bojxona xizmati xodimlari qator chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda. Ammo, shunga qaramasdan mo’may pul ilinjidagi ayrim kimsalar bunday mahsulotlarni yashirin ravishda chegaradan olib o’tishga urinmoqdalar. Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Oqoltin” bojxona posti xodimlari aylanma yo’llar orqali yurtimizga qirib kelayotgan qozog’istonlik G. Shildeboeva hamda B. Beysenovning qo’l yuklarini tekshirishganda, ular jami 42 ming dona pirotexnika vositasini noqonuniy ravishda respublikamizga olib kirmoqchi bo’lganliklari aniqlandi. Namangan viloyat bojxona boshqarmasi “Rinjit” bojxona posti xodimlari fuqaro I. Axmedov boshqaruvidagi “Daymler-Bents” rusumli mikroavtobusni tekshiruvdan o’tkazishganda, unda respublikamiz fuqarosiE. Razzoqov 345 600 dona pirotexnika vositalarini Qirg’iziston Respublikasidan sotib olib, aylanma yo’l orqali respublikamizga olib kirganligi aniqlandi. Toshkent viloyatidagi“G’isht-ko’prik” bojxona kompleksi xodimlari tungi soat 21-30 larda qo’shni respublika bilan chegaradosh xududdagi aylanma yo’ldaizg’ib yurgan fuqaroSh.Bahodirovning xatti-harakatlaridan shubhalanib,uning qo’l yuklarini bojxona nazoratidan o’tkazishdi. Natijada, uning qo’l yuklari ichida anchagina miqdorda pirotexnika vositalari borligi aniqlandi. Keyinchalik ma’lum bo’lishicha, Sh. Bahodirovchegara yaqiniga qiymati 1 million so’mdan ziyod jami 52 840 dona pirotexnika vositalarini yig’ib qo’ygan ekan. Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari esa “Neksiya” rusumli avtoulovni to’xtatib ko’zdan kechirishganda, ushbu avtoulovda yangiyo’llik D. Yuldashevaga tegishli, Xitoyda ishlab chiqarilgan 28814 dona pirotexnika maxsulotlari borligi ma’lum bo’ldi. Agarda ushbu mahsulotlar ko’zlangan manzilga yetkazilganida va sotib yuborilganida ko’plab ayanchli holatlarni yuzaga keltirishi mumkin edi. |
| Barcha huquqlar himoyalangan. O'zR DBQ. © 2006 - 2007 Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan |