ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 6 sentabr 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Olma 7.5 tonna, piyoz esa...
31.05.2010 12:49
 Zaminimizda yetishtirilgan turli qishloq xo’jaligi mahsulotlariga talab hech qachon susaymagan. Shunga yarasha bozorlarimizda ham hamisha to’kin-sochinlik xukmron. Yaratilayotgan shart-sharoitlar bois tadbirkorlarimizning qishloq xo’jaligi mahsulotlari nafaqat yurtimiz bozorlarida, balki horijda ham o’z xaridorlarini topmoqda.
        Respublikamizda qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksporti uchun barcha qonuniy imkoniyat va shart-sharoitlar yaratib berilgan. Amaldagi qonunchilikka muvofiq bu kabi mahsulotlarning eksporti - mulkchilik shaklidan qat’iy nazar yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo’yilgan.
        Shunday bo’lsada, xalqimiz rizqiga xiyonat qilayotgan ayrim “uchar tadbirkor”lar yurtimizda yetishtirilgan sara mahsulotlarni chetga noqonuniy ravishda olib o’tib, mo’may daromad orttirishga urinmoqdalar. Ularning qonunga zid xatti-harakatlariga respublikamiz bojxonachilari tomonidan o’z vaqtida chek qo’yilmoqda va noz-ne’matlar elimiz dasturxoniga qaytarilmoqda.
       Farg’ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda 7,5 tonna olmaning noqonuniy olib ketilishiga chek qo’yishdi. Tezkor tadbirlar davomida, davlat raqami “15T 9819” bo’lgan “Kamaz”ning safari erta qaridi. Boisi, unga ortilgan 15 million so’mlik mazkur qishloq xo’jalik mahsulotlarining tegishli hujjatlari yo’q ekan. Yuk egasi, dang’aralik M.Ahmadjonov noqonuniy hatti-xarakatlari bilan faqatgina o’zi pand yedi, xolos.
       Jizzaxlik bojxonachilar hamda boshqa huquqni muhofaza etuvchi idoralar xodimlarining birgalikda o’tkazgan reydlari natijasida Xitoy va Ekvador davlatlarida yetishtirilgan 30 mln. so’mlik turli mevalarning bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari yo’qligi fosh etildi. G’allaorol tumanida “Kamaz” rusumliyuk avtomashinasida olib ketilayotgan mazkur 9 tonnadan ortiq banan, olma, nok kabi mevalar fuqaro Q.Xalilovga tegishli bo’lib chiqdi.
        Shuningdek, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda o’tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 2 ta holatda yirik miqdordagi ya’ni salkam 26 tonna piyozning yashirincha olib chiqilishiga chek qo’yildi.
        Jumladan, Shirin shahrining qo’shni davlat bilan bog’lovchi aylanma yo’llaridan birida turgan “Kamaz” yuk mashinasi tekshirilganda, unda qo’shni davlatga olib chiqish uchun mo’ljallangan 11 tonna piyoz borligi ma’lum bo’ldi. Aniqlanishicha qiymati 3,3 million so’mlik ushbu qishloq xo’jaligi mahsuloti fuqaro X.Turdievga tegishli ekan.
       Viloyat bojxonachilari “uchar tadbirkor”lardan yana biri G’.Xolboevni ham salkam 15 tonna piyozni  “Zil” yuk mashinalariga yuklab, qo’shni respublikaga noqonuniy ravishda olib chiqishga uringan paytda to’xtatib qolishdi.
       Hozirda ushbu holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM