ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Odami ersang...
09.02.2010 15:12

       Navoiy shaxsiyati, dunyoqarashi, bebaho ijodiy me’rosining badiiy jozibasi mana besh asrdan oshibdi-ki kitobxonni o’ziga ohanrabodek tortib kelmoqda. Nafaqat o’zbek xalqi balki barcha turkiy xalqlar g’azal mulkining sultoni bilan cheksiz faxr va iftixor tuyadilar. Shu sabab, har yili mutafakkir tavallud topgan sana yurtmizining har bir go’shasida alohida taraddud ila nishonlanadi. Shuningdek, tariximizda Navoiydan so’ng o’chmas iz qoldirgan yana bir dilbar shaxs, mumtoz adabiyotimizning ulkan namoyondasi, davlat arbobi Zahiriddin Muxammad Bobur ham ayni shu kunlarda yodga olinadi

           9 fevral kuni Davlat bojxona qo’mitasida Navoiy va Bobur ijodiga bag’ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Unda DBQ Markaziy apparati xodimlari  ishtirok etdi. Yig’ilganlarga Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi katta maslahatchisi, Beruniy nomidagi davlat mukofoti sovrindori, navoiyshunos olim Yoqubjon Ishoqov hamda  mazkur muzeyning ilmiy xodimi, filologiya fanlari nomzodi Vaxobjon Rahmonovlar ikki zabardast ijodkorning o’zbek adabiyoti va tarixida tutgan o’rni hamda barkamol avlodni tarbiyalashda ulardan qolgan adabiy me’rosning ahamiyati xususida atroflicha to’xtalib o’tdilar. 
      
     Ha, Navoiy va Bobur she’riyatiga qayta-qayta murojaat qilish Vatanga, elu yurtga, ota-onaga bo’lgan mehr-muhabbat va milliy g’ururni faqat va faqat toblashi muqarrar!
        Tadbir so’ngida mehmonlarga Davlat bojxona qo’mitasining esdalik sov’galari taqdim qilindi.


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM