ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 6 sentabr 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Odam savdosi bojxonachilar nigohida
23.04.2010 10:22

Tan olish kerak, dunyo miqyosida tobora dolzarblik kasb etib borayotgan odam savdosi muammosidan mamlakatimiz ham chetda emas. Mazkur muammoning oldini olish, unga qarshi kurashish, odam savdosi jabrlanuvchilarini har tomonlama himoya qilish borasida mukammal qonunchilik va bir qator huquqiy-me’yoriy hujjatlar bazasi takomillashtirildi. Ularning ijrosini o’z vaqtida ta’minlash esa kun tartibidagi muhim vazifalar sirasiga kiradi.

         Yaqinda Jizzax viloyati bojxona boshqarmasida o’tkazilgan “Odam savdosi va mazkur jinoyat jabrlanuvchilariga ko’maklashish” mavzusidagi davra suhbatini ayni shu vazifalarning amaliy ijrosi deyish mumkin/
          Ta’kidlash joizki, Odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha Idoralaro Komissiyasining “Odam savdosini bartaraf qilish va oldini olish, odam savdosi jinoyatidan jabrlangan shaxslarning huquqlarini himoya qilish, O’zbekiston Respublikasidan tashqarida yo’qolgan shaxslarni aniqlash, ularni ortga qaytarish va reabilitatsiya qilish” bo’yicha 2009-2010 yillar davomida amalga oshiriladigan hamkorlikdagi chora-tadbirlar Rejasining ijrosini ta’minlash bo’yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamdagi ishlarda Davlat bojxona qo’mitasining ishtiroki ham tobora kengayib bormoqda.
         Bevosita qo’mita tashabbusi bilan uyushtirilgan mazkur davra suhbatida viloyat hokimligi, prokuratura, ichki ishlar boshqarmasi, xotin-qizlar qo’mitasi, “Kamolot” YoIHning viloyat kengashi, “Mahalla” va “Nuroniy” hayriya jamg’armalari vakillari, Jizzax va Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmalarining ma’sul shaxslari, mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
        Davra suhbatida ma’lum qilinishicha, o’tgan 2009 yil hamda joriy yilning dastlabki choragi davomida viloyat huquqni muhofaza qiluvchi idoralariga odam savdosidan jabrlanganlar tomonidan 71 ta murojaatlar kelib tushgan. Mazkur arizalarning barchasi yuzasidan jinoyat ishlari qo’zg’atilishi natijasida, odam savdosidan jabr ko’rganlar soni 505 nafarga yetganligi aniqlangan.
        Odam savdosining oldini olish yuzasidan ham ma’lum natijalar qo’lga kiritilmoqda. Birgina 2009 yilning paxta terimi mavsumida badnafs kimsalarning yolg’on va’dalariga uchib, viloyatdagi aylanma yo’llar orqali qo’shni davlatdagi terim ishlariga otlangan 21 nafar yurtdoshlarimiz bojxonachilar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda to’xtatib qolingan.
      Davra suhbatining ikkinchi bosqichi seminar-trening shaklida tashkil etilib, unda odam savdosi jabrlanuvchilarining identifikatsiyasi va uning ta’rifi, aniqlash usullari, odam savdosiga qurbonlariga yordam berish borasidagi hamkorlik va mazkur yo’nalishdagi huquqiy savodxonlikni oshirish bo’yicha ko’rgazmali chiqishlar, bahs-munozaralar olib borildi. 
       Qizg’in davom etgan tadbir so’nggida, ishtirokchilarga “Istiqbolli avlod” yoshlar axborot-ma’rifat markazi tomonidan tayyorlangan va o’zida odam savdosi bo’yicha muhim tavsiya va ko’rsatmalarni aks ettirgan 200 dan ortiq turli tarqatma materiallar tarqatildi.
       Shuningdek, bu kabi davra suhbatlarini yanada keng qamrovda: chegaradosh tumanlarda, mahallalarda va o’quv muassasalarida tez-tez o’tkazib turishga kelishib olindi.


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM