![]() |
Davlat Madhiyasi | 31 iyul 2010 | Ðóññêèé | Bosh sahifa | Manzilimiz |
|
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
|
|
Matbuot xizmati
“Norezident” avtomobillar
14.08.2009 16:55
Bugun shaharu qishloqlarimiz ko’chalarini fayzga to’ldirib, tobora ko’payib
borayotgan, yurtdoshlarimizning uzog’ini yaqin qilayotgan turli rusumdagi avtomobillarni
ko’rib ko’zingiz quvnaydi. Ayniqsa, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan o’z avtomobillarimiz
bilan bir qatorda xorijiy avtoulovlar sonining ortib borayotgani ham aholi turmush
darajasining oshayotgani va iqtisodiy farovonlikdan
darak beradi.
Xorijdan keltirilayotgan avtoulovlarni mamlakatimizga
olib kirishning o’z tartiblari mavjud. Mazkur qoidalarga rioya qilish esa avtoulovlarning
mamlakatimiz hududidagi erkin va xavfsiz harakatiga o’ziga xos kafolat vazifasini
bajaradi. Ammo, ushbu tartiblarga buysunmaslik
yoki ularni qo’pol ravishda buzish esa...
Namanganlik bojxonachilar boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda Uchqo’rg’on tumanida ana shunday qonunbuzarliklardan birining oldini olishdi. Shu tumanda istiqomat qiluvchi A.Tursunov “Vaz-2107” avtomobilidan avtoulovga tegishli bo’lmagan davlat belgisini taqqan holda foydalanib kelayotgan ekan. Ma’lum bo’lishicha, qiymati 8 mln. so’mdan ko’proqqa baholangan avtomobil qo’shni davlatdan aylanma yo’llar orqali yurtimiz hududiga olib kirilgan. Farg’ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari ham hamkorlikdagi tadbirlardan birida qo’rg’ontepalik R.Abdujalilovning noqonuniy harakatlariga nuqta qo’yishdi. Qonunbuzar qo’shni davlatdan 12 mln. so’mga sotib olgan “Daewoo Liganza” avtomobilini aylanma yo’llar orqali yashirincha olib kirishga uringan ekan. Toshkent viloyati bojxonachilari ham 2 ta holatda noqonuniy olib kirilgan avtomobillarni fosh etishdi. Oqqo’rg’onlik B.Risboev qo’shni davlatdan sotib olingan “Tico” rusumliavtouloviga “begona” davlat belgisini taqqan holda boshqarib yurgan ekan. Qonunbuzarning tumandoshi Z.Boymirzaev ham qo’shnilardan sotib olingan “Daewoo Cielo”rusumliavtomobilni xuddi shu tartibda yurtimizga olib kirishga urindi. Ammo bundan o’zi pand yedi, xolos! Yana bir“Daewoo Cielo” sohibi Z.Yusupovning ham misi chiqdi. Sirdaryolik bojxonachilar ushbu avtoulov tegishli hujjatlarsiz yurtimizga olib kirilganini va tegishli bo’lmagan davlat belgilari ostida foydalanilganini aniqlashdi. Shuningdek, viloyat bojxonachilar fuqarolar A.Jalilovning «Datsun» rusumli va A.Rasulovning «Nexia» rusumli avtomobillarni tegishli hujjatlarsiz olib kirishganini fosh etishdi. Mashinasiga o’z yurtida xaridor topolmagan qo’shni davlat fuqarosi M.Basiev ham sirdaryolik bojxonachilar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari oldida yer chizib qoldi. U o’ziga tegishli “Audi” rusumli yengil avtomobilni sotish maqsadida aylanma yo’llar orqali yurtimizga olib kirgan ekan. Davlat bojxona qo’mitasi
|
| Barcha huquqlar himoyalangan. O'zR DBQ. © 2006 - 2007 Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan |