ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Noqonuniy “kashanda”lar
31.07.2009 17:48
         Respublikamiz bojxonachilari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda sifati kafolatlanmagan va tegishli hujjatlari bo’lmagan tamaki mahsulotlarining olib o’tilishiga qarshi tezkor chora-tadbirlar olib borilmoqda. “Beyneu-Qo’ng’irot” yo’nalishida yurtimizga qaytayotgan fuqaro Z. Qutibaeva qoraqalpog’istonlik bojxonachilar oldida “kashanda” sifatida taassurot qoldirgan bo’lsa ajab emas.

        Chunki, ayol bojxona bayonnomasida qayd etilmagan 70 quti “Russkiy stil” va “Marlboro” sigaretlarini yashirincha yurtimizga olib kirishga uringan ekan.
       Qo’rg’ontepa tumanidagi qo’shni davlatga eltuvchi aylanma yo’llarni nazorat qilish jarayonida andijonlik bojxonachilar chegara simlari yonida izg’ib yurgan shaxsga duch kelishdi. Ammo, kuzatuvga olinganini sezib qolgan kimsa darhol qo’shni davlat hududi tomon juftakni rostlab qoladi. Voqea joyi belgilangan tartibda ko’zdan kechirilganda esa, u yerda 500 quti “Klasssik” filtrli sigaretlari noqonuniy ravishda yurtimizga olib kirilayotgani ma’lum bo’ldi.
        Xorazmlik bojxonachilar ham yirik miqdordagi tamaki mahsulotlari kontrabandasiga chek qo’yishmoqda. Gurlandagi chegara sim to’siqlari yonida bojxonachilar ta’qibini sezib qolgan noma’lum shaxsga qochish chog’ida "Ural" kajavali mototsikli “ortiqcha”lik qildi. Tegishli tartibda ko’zdan kechirilganda esa mazkur ulovga qiymati salkam 5 mln. so’mlik 7500 quti "Mond" va "Viceroy" sigaretlari qo’shni davlatga yashirincha olib chiqish uchun ortilgani ayon bo’ldi.
        Xuddi shunday holat Shovot tumanidagi aylanma yo’llardan birida ham sodir bo’ldi. Bu gal “kashanda”lar 2 xil turdagi salkam 10 ming quti "Mond LT" va "Karvon" sigaretlarini tashlab, “quyon” bo’lishgan. Hech qanday hujjatlari bo’lmagan, qiymati 5 mln. so’mdan oshiq ushbu tamaki mahsulotlarini yashirincha olib chiqishga uringan kimsalar oqibatda o’zlari pand yeyishdi, xolos.


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM