![]() |
Davlat Madhiyasi | 6 sentabr 2010 | Ðóññêèé | Bosh sahifa | Manzilimiz |
|
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
|
|
Matbuot xizmati
Noqonuniy ish - keltirar tashvish
27.07.2010 08:50
Naqd xorijiy valyutalarni bojxona chegaralari orqali noqonuniy ravishda
olib o’tishga urinuvchilar valyuta bozorini rivojlantirishga qaratilgan
islohotlarning izchilligiga salbiy ta’sir o’tkazishlari haqida
o’ylashni istamaydilar. Chunki, ularni islohotlar samarasi emas, balki,
mo’may daromad ko’proq qiziqtiradi. Respublikamiz bojxonachilari esa naqd valyutani olib o’tish bilan
bog’liq amaldagi tartib va me’yorlarni buzgan shaxslarning noqonuniy
hatti-xarakatlariga o’z vaqtida chek qo’yishmoqda.
Poytaxt aeroportida xorij fuqarosi R.Bunsung “Toshkent-Almata” yo’nalishidagi parvozini qoldirishiga to’g’ri keldi. Chunki, u yonidagi 2115 AQSh dollari va 2000 yevro haqida bojxona bayonnomasida ham, og’zaki so’rov paytida ham ma’lum qilmagan ekan. Yana bir chet el fuqarosi K.Naval ham Moskvaga parvozi oldidan 4 ming AQSh dollarini yashirincha olib chiqishga uringan paytda to’xtatib qolindi.
Seulga otlangan xorijlik U.Dongming poytaxt aeroportida parvoz oldidan bojxona nazoratidan o’tkazilganda, uning sumkasida bojxona bayonnomasida ko’rsatilmagan va inspektorining og’zaki so’rovi paytida aytilmagan 5,7 ming xitoy yuani borligi aniqlandi. “Keles” temir yo’l bojxona postida “Toshkent-Ufa” yo’nalishidagi poezd yo’lovchilaridan biri R.Artikova yonidagi 191 ming Rossiya rublini yashirincha olib chiqishga uringan paytda to’xtatib qolindi. Shuningdek, post xodimlari “Nukus-Almata” poezdi yo’lovchisi G. Isavevaning ham qing’ir qilmishlariga chek qo’yishdi. Qonunbuzar 3650 AQSh dollarini respublikamizdan yashirincha olib chiqaman deb adashgan edi. Afsuski, bundan o’zi pand yedi, xolos! Qo’shni davlatdan mamlakatimizga kirib kelayotgan yana bir “mehmon” N.Xiroshi yonidagi 54 ming yapon ienasi haqida ma’lum qilishni “unutib” qo’ygani bois surxondaryolik bojxonachilar qarshisida yer chizib qoldi. Toshkent viloyati bojxonachilari esa U.Elganovani naqd xorijiy valyutalarni yashirincha olib kirishga uringan paytda fosh etishdi. Qarang-ki, qonunbuzar bojxonachilarning ko’zini shamalat qilish maqsadida 1.54 mln. qozoq tengesini beliga bog’lab olib o’tishni rejalashtirgan ekan. Yaqinda post xodimlari yana bir qonunbuzarlik holatida yirik miqdordagi naqd horijiy valyutalarning yashirincha olib chiqilishiga chek qo’yishdi. Gap shundaki, qo’shni davlatga o’tayotgan piyodalardan biri D. Abdugapparova shaxsiy ko’rikdan o’tkazilganda, kiyimlari ostidan beliga bog’lab olgan ro’mol bojxonachilarda shubha uyg’otdi. “Belbog’” xolislar ishtirokida ochib ko’rilganda esa, unga qonunbuzar tomonidan oz emas, ko’p emas naqd 80 ming AQSh dollaridan ortiq valyuta yashirilgani ma’lum bo’ldi. Ta’kidlash joizki, respublikamiz bojxonachilari tomonidan joriy yilning o’tgan 6 oyi davomida aniqlangan 2300 dan ortiq qonunbuzarlik holatlarida 2 mlrd. so’mdan oshiq ekvivalentdagi naqd xorijiy valyutalarning noqonuniy olib o’tilishiga chek qo’yilgan. Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda. |
| Barcha huquqlar himoyalangan. O'zR DBQ. © 2006 - 2007 Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan |