ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Noqonuniy harakatlarga chek qo’yilmoqda
19.07.2008 09:44

Davlat bojxona qo’mitasi xodimlari qishloq xo’jaligi mahsulotlarining respublikamizdan noqonuniy ravishda olib chiqilishining oldini olish borasida qator chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda.

Jumladan, boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari, «Mahalla» jamg’armasi respublika boshqaruvi, «Kamolot» Yoshlar ijtimoiy harakati va ularning joylardagi bo’limlari bilan hamkorlikda bojxona qonunchiligi buzilishining oldini olish, oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi mahsulotlarining yurtimizdan noqonuniy ravishda olib o’tilishiga qarshi keskin kurashish maqsadida qo’shni davlatlar bilan chegaradosh tumanlardagi mahallalarda istiqomat qiluvchi aholisi o’rtasida keng ko’lamli targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borilmoqda. Bu tadbirlar o’z samarasini berayotgan bo’lsa-da, mo’may daromad orttirish ilinjidagi ayrim kimsalar tomonidan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini  yurtimizdan noqonuniy ravishda olib chiqishga urinishlar ya’ni, qonunbuzarlik holatlari  sodir etilmoqda.

Yaqinda Andijon viloyati bojxonachilari aylanma yo’llarda harakatlanayotgan “Zil” rusumli ikkita yuk avtomashinalarni to’xtatib bojxona nazoratidan o’tkazishganda, ushbu avtoulovlarga 8 tonna kartoshka yuklanganligi ma’lum bo’ldi.

Qonunbuzar Yo. Mamadaliev ushbu mahsulotlarni yashirincha qo’shni davlatga olib chiqishni ko’zlagan ekan.

Qoraqalpog’iston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari Qo’ng’irot tumanidagi “Ustyurt” tekisliklaridagi aylanma yo’llar orqali harakatlanayotgan ikkita “Kamaz” rusumli avtoulovlarni to’xtatib  bojxona nazoratidan o’tkazishdi. Natijada ushbu avtoulovlarga piyoz, kartoshka sabzi  kabi 18 tonna qishloq xo’jalik mahsulotlari ortilganligi va yuk egalari bo’lmish qonunbuzarlar T. Omirbekov, S. Otenov, R. Jalg’asov, B. Avezbergenov va M. Boltabaevlar ekanligi aniqlandi.

Shuni ta’kidlash joizki, respublikamiz bojxonachilari tomonidan joriy yilning birinchi yarmi davomida 1018 ta qonunbuzarlik holatlari aniqlanib, qiymati qariyb 1 milliard 41 million so’mni tashkil etuvchi 1800 tonnadan ziyod qishloq xo’jaligi mahsulotlarining noqonuniy olib o’tilishining oldi olindi.

Hozirda yuqoridagi qonunbuzarlik holatlari yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM