ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Nayranglarga uchmagan Alpamis
13.01.2010 17:59

                      14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni

1991 yil 25 oktyabrda Prezidentimiz Islom Karimovning “O’zbekiston Respublikasi Bojxona qo’mitasini tashkil etish to’g’risida”gi 284- sonli Farmoni bilan zamonaviy bojxona xizmatiga asos solingan edi. Shundan buyon mazkur organ mustaqil davlatimizning iqtisodiy muhofazasida sobit turibdi.  Bu davr oralig’ida milliy bojxonamiz ulkan va murakkab yo’lni bosib o’tib, iqtisodiyotning bazaviy institutlaridan biriga aylandi, tashqi savdoni davlat tomonidan boshqarish hamda respublika iqtisodiy manfaatlarini ta’minlashning samarali dastagi bo’lib kelmoqda.

         Istiqlolimiz bilan tengdoshi bo’lgan bojxona xizmati ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va huquqiy institutlarni chuqur transformatsiyalash yo’lida mamlakat bilan birgalikda qadam tashlamoqda. U XXI asr bojxonasi standartlariga muvofiq kelish uchun zamonaviy texnologiyalarni o’zlashtirib, yangi usullarni ishga joriy etib, zamon bilan hamnafas bo’lgan holda rivojlanishda davom etmoqda.
        Bojxona xizmati nafaqat iqtisodiy xavfsizlikni balki, yurtimiz osoyishtlagini ta’minlashda, xususan terrorizm va narkobiznesga qarshi kurashda ham katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, giyohvand moddalar hamda olib o’tish ta’qiqlangan boshqa tovarlar kontrabandasini aniqlashda kinolog mutaxassislar va xizmat itlari juda muhim rol o’naydi. Ayni shu sharafli vazifani qahramonimiz Alpamis mana uzoq yillardan beri sidqidildan uddalab kelmoqda.
        Bojxona xizmati katta serjanti Alpamis Seydemetovning mehnat faoliyatini boshlaganiga hademay 22 yil to’ladi. Bu muddatning salkam 15 yili esa bojxona idoralaridagi xizmat faoliyatiga to’g’ri keladi. O’tgan yillar davomida u tirishqoqligi, qat’iyatliligi, mehnatkashligi va bilimdonligi bilan hamkasblarining e’tiboriga tushdi, hurmat orttirdi.
        Inspektor-kinolog Alpamis Seydemetov ilk faoliyatini 1995 yilda Qoraqalpog’iston respublikasi bojxona xizmati "Xujayli" bojxona postida boshladi. U to’rt oyoqli yordamchilari bilan birgalikda kontrabandaning yirik turkumlarini ushlab qolishga muvaffaq bo’lib kelmoqda.
        Uzoqqa borish shart emas, uning yaqin yillardagi mehnat faoliyatiga nazar solar ekansiz, qurol-yarog’ va portlovchi moddalarning olib o’tilishining oldini olish borasida ijobiy natijalarga erishganiga guvoh bo’lamiz.
        Birgina 2008 yilda A.Seydemetov "Baks" laqabli xizmati iti yordamida 5 ta holatda 297,3 gr. "geroin" giyohvandlik moddasi, 1 dona pnevmatik to’pponcha, 750 dona sferik o’q,   1 dona o’qdon, 11050 gr. porox, 3942 dona kapsyula, 187 dona gilzalarning noqonuniy ravishda olib kirilishining oldini oldi. Joriy yilning boshida esa Seydmetov 4.5 kg.dan ziyod poroxning olib kirilishiga chek qo’ydi.
        Jumladan, “Karakalpakiya” temir yo’l stantsiyasida «Moskva-Ko’lob» yo’nalishidagi poezdda ketayotgan yo’lovchi, qo’shni davlat fuqarosi A.Xasanov bojxona ko’rigi chog’ida Alpamisda shubha uyg’otadi. Darrov xizmat itini ishga solgan kinolog adashmagan edi. Shubhali yo’lovchining yuklari orasidagi  har birining og’irligi  500 gr. bo’lgan 21 ta bankada jami 10,5 kg. porox,  1650 kapsula, 1536 dona “TsBO-N” nomli kapsula va  har biri 1000 mg. bo’lgan 10 dona “Pertsoviy shok” nomli himoyalanish vositalari O’zbekiston Respublikasi hududidan noqonuniy ravishda olib  o’tish maqsadida yashirib qo’yilgan ekan.
        “Qo’ng’irot-Beyneu” poezdi yo’lovchisi fuqaro N.Davletovaning qing’ir qilmishlariga ham A.Seydmetovning hissasi o’laroq nuqta qo’yiladi. Ayol bojxona nazoratidan o’tkazilganida, og’irligi salkam 300 gr. “geroin” giyohvand moddasini olib o’tishga uringan ekan.
       Xizmat faoliyatida A.Seydmetov huquqbuzarlarning turfa nayranglariga duch keladi. Ammo, ularga aldanib qolmaslik uchun kinologdan katta tajriba va mahorat talab etiladi.
       2008 yilning 11 sentyabri. “Moskva-Ko’lob” yo’nalishidagi poezdda Alpamis har doimgi vazifasiga kirishdi. Vagonlardan biridagi yo’lovchi Tojikiston Respublikasi fuqarosi R.Sulaymanovning qarshisiga kelganida kichik inspektor uning nimadandir bezovta bo’layotganini darhol sezadi. Birin-ketin uning yuklarini tekshirar ekan, ko’zi o’yinchok mushukchaga tushdi. Qo’liga olar ekan, negadir o’yinchoq odatdagidan og’irroq tuyuladi va darhol xizmat itiga murojaat qiladi. Hammasi bir zumda fosh bo’ldi - o’yinchoq mushukcha ichiga xufyona tarzda ov miltig’i uchun mo’ljallangan12 kalibrli 27 dona patron va 23 dona gilzalar hamda  400 gr. “Sokol” nomli porox yashirincha tikib qo’yilgan ekan.
        Qahramonimizning mehnat faoliyatidan bunaqa misollarni ko’plab keltirish mumkin. O’z o’rnida ta’kidlash kerak-ki, bojxona xizmati kichik serjanti Alpamis Seydemetovning qo’lga kiritayotgan natijalari alohida e’tirof etilmoqda. U Prezidentimizning 2009 yil 28 avgustdagi Farmoniga ko’ra Mustaqalligiminzning 18 yillik tantanalari arafasida mamlakatimizning nufuzli "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi.  
      Alpamis kabi ma’suliyatni chin dildan anglagan, kasbiga vijdonan yondoshgan bojxonachilar bor ekan, davlatimizning iqtisodiy xavfsiziligi va osoyishtaligi ishonchli qo’llarda ekanligiga yana bir karra amin bo’lamiz.

 


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM