ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 6 sentabr 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Namanganning "olma"si...
27.03.2010 16:16

Erta bahorda turli sabzavotlar va meva-chevalarga bo’lgan ehtiyoj biroz ortadi. Ayrim “tadbirkor”lar esa ayni shu ehtiyojdan foydalanib mo’may daromad orttirib qolishga urinishadi. Tadbirkorlik uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, shart-sharoitlar va qulay tartiblarni chetlab o’tgan holda “egri” yo’llarni ixtiyor etishadi. Davlat bojxona qo’mitasi tomonidan esa qishloq xo’jaligi mahsulotlarining yurtimiz sarhadlari orqali noqonuniy olib o’tilishiga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar muntazam olib borilmoqda.

          Natijada birgina joriy yilning o’tgan davri mobaynida aniqlangan 630 ga yaqin qonunbuzarlik holatida 1.6 mlrd. so’m qiymatdagi salkam   1,1 ming tonna qishloq xo’jaligi mahsulotlari elimiz dasturxoniga qaytarilgan.
      Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan Do’stlik tumani hududida “Zil” yuk mashinasi to’xtatilib ko’zdan kechirilganda, unda qashqadaryolik Sh.Hakimov tomonidan sifati kafolatlanmagan salkam  5,5 tonna olma noqonuniy ravishda olib ketilayotganligi fosh etildi. Boz ustiga, qonunbuzar qo’shni davlatlarda yetishtirilgan 9.5 mln. so’mlik mazkur qishloq xo’jaligi mahsulotlarining bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlarini taqdim qila olmadi.
       Sirdaryo viloyatida esa yirik miqdordagi qishloq xo’jaligi mahsulotlarining yurtimizdan yashirincha olib chiqilishiga chek qo’yildi. Xovos tumanida istiqomat qiluvchi A.Kasimov tumanning chegaradosh hududida qo’shni davlatga o’tkazish uchun 152 ta qopda 7,6 tonna piyozni jamlab qo’ygan ekan. Ammo, qonunbuzarning 15 mln. so’mdan ortiq qiymatdagi mazkur mahsulotni yashirincha olib o’tish “reja”si chippakka chiqarildi.
        Namangan viloyati bojxonachilari ham boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda aniqlangan 3 ta qonunbuzarlik holatida 30 tonnadan ortiq qishloq xo’jaligi mahsulotlarining noqonuniy olib o’tilishiga chek qo’yishdi.  
          Viloyatning Kosonsoy tumanida “Kamaz” yuk mashinasi ko’zdan kechirilganda, undagi 10 tonna qizil lavlagining sifatini kafolatlovchi va boshqa hujjatlari yo’qligi ma’lum bo’ldi. Yangiqo’rg’onlik A.Mirzaxolovga tegishli ushbu qishloq ho’jaligi mahsulotlarining qiymati salkam 2 mln. so’mni tashkil qilar ekan. 
          Yangiqo’rg’on tumanining chegaradosh hududida harakatlanayotgan yana bir “Kamaz” bojxonachilar diqqatini tortdi. Yuk mashinasi to’xtatib tekshirilganda, unga 25 mln. so’mdan ortiq qiymatdagi salkam 11 tonna olma yuklangani aniqlandi. Ma’lum bo’lishicha, chortoqlik B.Razaqov xorijda yetishtirilgan, ammo bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari bo’lmagan mazkur mahsulotlarni aylanma yo’llar orqali yurtimizga olib kirishga uringan ekan.  
          Chortoqlik “tadbirkor” S.Cho’lponov ham yuqoridagi tumandoshidan qolishmas ekan. Tuman hududida “Kamaz” yuk mashinasini ko’zdan kechirgan bojxonachilar unga Xitoyda yetishtirilgan salkam 26 mln.so’mlik 11 tonnaga yaqin olma yuklanganini aniqlashdi. Ammo, bojxona rasmiylashtiruvidan o’tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo’lmagan ushbu qishloq xo’jaligi mahsuloti muqaddam aylanma yo’llar orqali, kichik-kichik turkumlarda yurtimizga olib kirilgan ekan. 
         Hozirda ushbu holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM