ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Muzlatkichlar "muzladi"
01.06.2009 16:57
          Kunlar isigan sari aholining turli sovutgichlarga bo’lgan ehtiyoji ham ortib boradi. Bundan foydalanib mo’may daromad orttirish ilinjidagi ayrim kimsalar esa muzlatgichlarni noqonuniy ravishda yurtimizga olib kirishga urinadilar. Yaqinda bojxonachilar Toshkent viloyatida katta miqdordagi sovutgichlarning yashirincha olib o’tilishiga chek qo’yishdi.
           Davlat raqami 11U7698 bo’lgan “Gaz3302” rusumli yuk avtomashinasi bojxona nazoratidan o’tkazilganda, unga 25 dona “DAEWOO” rusumli sovutgichlar yuklanganligi ma’lum bo’ldi. Haydovchi Sh.Yo’ldoshev qiymati 8 million so’mlik ushbu maishiy texnikalarga tegishli bironta ham hujjjatni bojxonachilarga taqdim qila olmadi. Haydovchining so’zlariga ko’ra, yuk egalari yo’lga o’zimiz javob beramiz deb “Gazel”ni to bojxonachilar tomonidan to’xtatilgunga qadar orqadan kuzatib kelishgan. Ammo, do’ppi tor kelganda esa juftakni rostlab qolishgan.
          “MTZ-80” rusumli tirkamali traktor Andijon viloyatining Paxtaobod tumanidagi aylanma yo’llarda bejiz “adashib” yurmagan ekan. Ushbu transport vositasi bojxonachilar tomonidan to’xtatilib, nazoratdan o’tkazilganda unga tegishli hujjatlari bo’lmagan 27 dona muzlatgich, 118 dona ventilyator va boshqa turdagi mashiy texnikalar ortilgani aniqlandi. Qiymati 10 million so’mdan oshiq bo’lgan ushbu maishiy texnikalarni yurtimizga yashirincha olib kirishga uringan fuqaro Omadjon Raximov omadini sinab qattiq adashdi.  

 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM