ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 6 sentabr 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Metalshunos “tadbirkor”lar
14.06.2010 17:50
  Ma’lumki, ishlab chiqarish-texnika buyumlari parchalari va rangli metallar chiqindilarining o’g’irlanishi hamda noqonuniy olib chiqib ketilishining oldini olish, respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek qimmatli xom ashyo resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida mamlakatimizda qator chora-tadbirlar olib borilmoqda. Xususan, Prezidentimizning 1999 yil 5 fevraldagi “Rangli metallar parchalari va chiqindilari eksportini tartibga solish to’g’risida”gi PF-2212 sonli Farmoniga muvofiq rangli metallar parchalari va chiqindilarini O’zbekiston respublikasidan tashqariga olib chiqib ketish taqiqlandi.
       Shunga qaramay, tarkibida rangli metallar bo’lgan mexanizm va agregatlarni talon-toroj qilish bilan bog’liq huquqbuzarlik faktlari, rangli metall parchalari va chiqindilarini yashirincha tayyorlash, ularni mamlakat tashqarisiga kontrabanda yo’li bilan olib chiqib ketish hollari uchrab turibdi.
      Ta’kidlash joizki, respublikamiz bojxonachilari tomonidan 2010 yilning dastlabki 4 oyi davomida aniqlangan 160 ga yaqin qonunbuzarlik holatida 123 mln. so’m qiymatdagi salkam 200 tonna rangli va qora metall parchalari va chiqindilarining noqonuniy olib o’tilishiga chek qo’yilgan.
      Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan ushbu turdagi qonunbuzarlik holatlariga chek qo’yish maqsadida qator chora-tadbirlar olib borilmoqda.
     Qiziltepa tumanidagi aylanma yo’llardan birida harakatlanayotgan “Kamaz” yuk mashinasi bojxona ko’rigidan o’tkazilganda, fuqaro D.Qosimov unga ortilgan 2,8 tonna qora metall parchalarini pullash maqsadida yo’lga chiqqanligi ayon bo’ldi.
       Konimex tumanida metallshunos “tadbirkorlar”dan yana biri J.Boboevning qing’ir qilmishlari ham o’z vaqtida fosh etildi. Ushbu fuqaro  aylanma yo’llardan birida “Kamaz” yuk mashinasida 3,2 tona metall chiqindilarini noqonuniy ravishda olib ketayotgan paytda to’xtatib qolindi. Shuningdek, tuman hududida 3,4 tonna qora metall parchalarining qonunbuzar S.G’ofurov tomonidan tashib ketilishining oldi olindi.
      Sirdaryolik bojxonachilar ham yirik miqdordagi rangli metall parchalari kontrabandasiga chek qo’yishdi. Respublikaning chegaradosh hududida harakatlanayotgan “Kamaz” yuk mashinasi bojxona nazoratidan o’tkazilganda, unda 10 tonnadan ortiq qora metall chiqindilari noqonuniy ravishda olib ketilayotganligi ma’lum bo’ldi. Aniqlanishicha, 12 mln. so’mdan ortiq qiymatdagi mazkur metall parchalari fuqaro D.Ernazarovga tegishli ekan.
        Hozirda ushbu holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM