ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Mayfurushlar
15.02.2010 10:16

Sifati kafolatlanmagan spirt va alkogolli ichimliklar inson uchun eng aziz ne’mat  - sihat-salomatlikka jiddiy xavf tug’dirishi, shubhasiz. Iqtisodiy chegaralarimizning himoyachilari esa tegishli hujjatlari bo’lmagan yohud yashirin ravishda ko’paytirilgan alkogolli ichimliklarning  olib o’tilishiga qaratilgan chora-tadbirlarni davom ettirishmoqda.

           Davlat bojxona qo’mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish bosh boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan birgalikda poytaxtimizning Mirzo Ulug’bek tumanida  olib borilgan tezkor tadbirlardan birida fuqaro A.Odaynikka tegishli garaj xolislar ishtirokida ko’zdan kechirilganda, u yerda yurtimizga aylanma yo’llar orqali olib kirilgan, xorijda ishlab chiqarilgan 6 nomdagi jami 373 shisha spirtli ichimliklar borligi aniqlandi. Bojxona rasmiylashtiruvidan o’tkazilganligini tasdiqlovchi xujjatlari bo’lmagan mazkur alkogolli ichimliklarning umumiy qiymati salkam 7.5 mln. so’mni tashkil qilar ekan.
         Sirdaryolik bojxonachilar hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari tomonidan Sirdaryo tumanida fuqaro A.Begimqulovning xonadoni qonunda belilangan tartibda ko’zdan kechirilganda, xonadon egasining avtomashinasida qo’shni davlatda ishlab chiqarilgan va tegishli hujjatlari bo’lmagan qiymati salkam 1.5 mln. so’mlik 750 litr spirt noqonuniy ravishda saqlayotganligi aniqlandi. Sig’imi 1.5 litrlik 500 dona yelim idishlardagi ushbu mahsulot kichik turkumlarda aylanma yo’llar orqali yurtimizga yashirin ravishda olib kirilgan ekan.
         Shuningdek viloyat bojxonachilari mazkur tumanda yashovchi fuqaro J.Xatamovning xonadonini ham ko’zdan kechirish chog’ida bu yerda qiymati 2.5 mln. so’mdan ziyod 1 tonnadan ortiq spirt noqonuniy ravishda saqlanayotganligini fosh etishdi.   
        Samarqand viloyati bojxonachilari hamda ichki ishlar xodimlari Bulung’ur tumanida fuqaro D.Narimanovni o’z xonadonida 50 dona 1,5 litr xajmli yelim idishlarga quyilgan 75 litr etil spirtini, 250 dona aroq uchun mo’ljallangan qopqoqlar, yorliqlar va aktsiz markalar to’plamini jami  445 ming so’mga sotish vaqtida fosh etishdi. Xonadonni ko’zdan kechirish chog’ida yana 176 dona yelim idishlarga quyilgan 264 litr etil spirti, 20 dona 1,5 litr xajmli yelim idishlar hamda 70 dona yelim qopqoqlar borligi aniqlangan.
         Uzun tumanida esa bojxonachilarning boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillar bilan hamkorlikdagi tezkor tadbir jarayonida “Odil-O” fermer xo’jaligi tasarrufidagi omborlardan biri qonunchilikka muvofiq ko’zdan kechirilganda, u yerda noqonuniy ravishda qo’lbola usulda tayyorlangan  salkam 4 tonna vino va 14 tonna vino tayyorlash uchun mo’ljallangan uzum sharbati yashirin ravishda saqlanayotganligi ma’lum bo’ldi. Qiymati 12 mln. so’mdan ziyod mazkur mahsulotlar fuqarolar I.Haydarov va O’.Xaydarovlarga tegishli ekan.
         Hozirda ushbu holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM