ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Maqsadiga yetolmagan “uchar”lar
30.03.2009 10:55

          Xonadonimizdagi televizor mabodo buzilib qolgudek bo’lsa, o’zimizni qo’yarga joy topolmay qolamiz. Ayniqsa, sifati kafolatlanmagan televizor egalari bu holatga ko’p tushishadi. Sababi, ko’pchilik televizor xarid qilayotganda, arzon narxga uchishadi-yu, uning sifatiga kafolat beruvchi tegishli hujjatlar bilan qiziqib ko’rishmaydi. Bundan esa televizorlar sadvosi  bilan noqonuniy shug’ullanuvchi kimsalar foydalanib qolishga urinishadi.

          Yaqinda Farg’ona viloyati bojxonachilari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari hamkorligida o’tkazilgan tezkor tadbir davomida ana shunday kimsalar fosh etildi. Farg’ona tumanidagi qo’shni davlat bilan chegaradosh hududdagi aylanma yo’llarda harakatlanayotgan “VAZ-2106” avtomashinasi bojxona nazoratidan o’tkazilganda, unda Xitoyda ishlab chiqarilgan 17 dona “LG” televizorlari borligi ma’lum bo’ldi. Ushbu tovarlarni fuqaro B.Xakimov tegishli hujjatlarsiz yurtimizga olib kirishga uringan ekan.
          Andijon viloyati bojxonachilari ham boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda televizorlarni noqonuniy olib kirishga uringan kimsalarning xatti-harakatlarini barataraf etishdi. Paxtaobod tumanidagi aylanma yo’llardan birida chegara simlari ostidan yurtimizga kirishga uringan kimsa huquqni muhofaza qilish xodimlarini ko’rib qolgach, yuklarini ham tashlab, ortiga juftakni rostlab qoladi. Voqea joyi ko’zdan kechirilganda esa, u yerda tegishli hujjatlari bo’lmagan 3 dona “Samsung”  televizorlari qoldirilganligi ma’lum bo’ldi.


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM