![]() |
Davlat Madhiyasi | 31 iyul 2010 | Ðóññêèé | Bosh sahifa | Manzilimiz |
|
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
|
|
Matbuot xizmati
Maqsadiga etolmagan “uchar”lar
13.11.2007 14:05
Davlat bojxona qo’mitasi xodimlari tarixiy, madaniy boyliklarimizni yurtimiz hududidan noqonuniy tarzda olib chiqilishining oldini olish maqsadida qator chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda. Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari «Toshkent-Kuala-Lumpur» yo’nalishi bo’yicha uchib ketayotgan singapurlik Muhammad Kir Bin Johanni bojxona nazoratidan o’tkazishganida, ushbu shaxs tarixiy ahamiyatga egaligi uchun yurtimiz hududidan olib chiqilishi taqiqlangan madaniy boyliklarni olib chiqib ketayotganligi aniqlandi. Tekshirish davomida ular orasida qadimiy kitob, gilam, so’zana, do’ppi kabi jami 33 dona har xil buyumlar borligi ma’lum bo’ldi. Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Keles” temir yo’l bojxona posti xodimlari tomonidan “Toshkent-Ufa” yo’nalishi bo’yicha harakatlanuvchi poezd yo’lovchilarining qo’l yuklari bojxona ko’rigidan o’tkazilganda, fuqaro F. Malikova 1898-1947 yillarda zarb etilgan jami 107 dona pul birliklarini yurtimizdan noqonuniy ravishda olib chiqmoqchi bo’lganligi oshkor bo’ldi. Ma’lumot o’rnida aytish mumkinki, respublikamiz bojxonachilari tomonidan o’tgan 2006 yil davomida jami 47 ta holatda 400 donaga yaqin tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan boyliklarimiz yurtimizdan noqonuniy ravishda olib chiqilayotganda to’xtatib qolingan edi. Joriy yilning o’tgan davri mobaynida esa 49 ta holatda 644 dona osori atiqalar, tarixiy, madaniy boyliklarning chetga olib chiqilishining oldi olindi.
|
| Barcha huquqlar himoyalangan. O'zR DBQ. © 2006 - 2007 Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan |