ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Ko’zini emas, ko’ksini achitdi
09.03.2009 10:35

           Respublikamiz bojxonachilari yurtimiz hududidan qishloq xo’jaligi mahsulotlarining noqonuniy olib o’tilishiga qarshi qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqdalar.

           Yaqinda Sirdaryo viloyati bojxonachilari tegishli hujjatlari bo’lmagan yirik miqdordagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari ortilgan yuk mashinalarining yo’lini to’sishdi.
        Xovos tumani hududidagi aylanma yo’llarda harakatlanayotgan “Zil” rusumli yuk avtomashinasi bojxona nazoratidan o’tkazilganda, unda fuqaro J.Norqo’zievga tegishli salkam 4 tonna sabzi qo’shni respublikaga olib ketilayotganligi aniqlandi.
          Fuqaro Z.Jo’raev boshqaruvidagi “Kamaz” bojxona nazoratidan o’tkazilganda, unga tegishli hujjatlari bo’lmagan 13 tonnadan oshiq piyoz yuklangani ma’lum bo’ldi. Qiymati qariyb 11 million so’mlik piyozlarning egasi fuqaro N.Ismoilov ekan.
          Shuningdek, Oqoltin tumani hududida bojxonachilar 2 ta holatda yirik miqdorda ya’ni, har biriga salkam 15 tonnadan piyoz ortilgan “Kamaz”larni to’xtatib qolishdi. Qiymati 24 million so’mga yaqin piyozning egalari U.Shoymardonov va Z.Tohirovlar tegishli hujjatlarsiz yo’lga chiqishgan ekan.
           Aylanma yo’llar orqali qo’shni respublika tomon harakatlanayotgan “Hunday” rusumli avtomashina Andijon viloyati bojxonachilari tomonidan nazoratdan o’tkazildi. Natijada, fuqaro N.Abdurahmonov 2,5 tonna sabzini chetga olib ketilayotganligi ma’lum bo’ldi.


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM