ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Kitoblar nega olib qo’yildi?
20.11.2009 15:30

O’tmishga nazar solar ekanmiz, dinni niqob qilib, undan g’arazli maqsadlarda foydalanish insoniyat boshiga ko’plab kulfatlar yog’dirganiga guvoh bo’lamiz. Bugun dunyoning istlagan nuqtasida kuzatilayotgan missionerlik hodisasi esa shubhasiz, ushbu jarayonlarda ko’pincha asosiy harakatlantiruvchi kuch vazifasini o’tamoqda. Missionerlik milliy totuvlik, diniy ahillik va jamiyatdagi osudalikka putur yetkazadi. Shu bois unga qarshi kurashishda barcha huquqni muhofaza etuvchi idoralar vakillari birdek ma’suliyatli hisoblanishadi.

           Respublikamiz bojxonachilari ham missionerlikka yoki missionerlik harakatlarini yuzaga keltirishi mumkin bo’lgan holatlarga qarshi tezkor chora-tadbirlarni olib borishmoqda.
        “Beyneu-Qo’ng’irot” yo’lovchi poezdi orqali uyiga qaytayotgan fuqaro Z.Ismoilov qoraqalpog’istonlik bojxonachilar tomonidan nazoratdan o’tkazilganda, 1 dona arab va 1 dona o’zbek tilidagi diniy adabiyotlar borligi ma’lum bo’ldi. Adabiyotlarning sarlavhasini (“Xudo bizga g’amxo’rlik qilyaptimi?”) o’qigan zahoti, misionerlikka xos xususiyatlarni taxmin qilish mumkin.
           “Moskva-Buxoro” yo’nalishida kelgan N.Farmonova Buxoro aeroportida “ushlanib” qoldi. Bunga sabab, uning bojxona bayonnomasida qayd etmasdan yashirincha olib kirishga uringan 8 dona diniy adabiyotlaridir. Nemis nashriyotlaridan birida chop etilgan “Poyte xvalu Iegova?” nomli kitob, qolaversa "Qo’riqchi minorasi xudovand yaxovaning shoxligini xabarlaydi", "Storojevaya bashnya vozveùaet tsarstvo iegovi" nomli jurnallar, "Pochemu mojno doveryat biblii" nomli qo’llanmalarni yurtimizga olib kirishdan ushbu ayolning maqsadi nima edi?
           Fuqaro Amaniyazova Mexri nomiga yuborilgan pochta jo’natmasi qonunchilikda belgilangan tartibda poytaxtlik bojxonachilar tomonidan ko’rikdan o’tkazilganda, buyumlar orasida jami 10 dona “Pravoslavniy Molotivoslov na vsyakuyu potrebu”, “Molitvi. Zagovori. Mantri”,“Istseli svoyu jizn. Istseli svoe telo. Sila vnutri nas”, “Krayon. Partnerstvo s Bogom” va boshqa nomdagi diniy adabiyotlar borligi ma’lum bo’ldi. Din ishlari bo’yicha qo’mita xulosasiga asosan, mazkur kitoblar missionerlik holatlarini yuzaga keltirishi mumkinligi sababli, ularni O’zbekiston Respublikasi xududiga olib kirish man etiladi. Ushbu noqonuniy hatti-harakatlar natijasida O’zbekiston Respublikasi Bojxona Kodeksining 159-moddasi talablari buzilgan, ya’ni diniy adabiyotlarni olib o’tish jarayonida O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasiorqali tovarlarni olib o’tishda iqtisodiy siyosat choralari va boshqa cheklovlarni qo’llanish tartibiga rioya qilinmagan.

 

 

 

 


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM