ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Jurnalistlar taqdirlandi
23.06.2009 14:48

      Davlat bojxona qo’mitasida “27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosobati bilan «Matbuot va OAV – jamiyat ko’zgusi» mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Unda qo’mita Markaziy apparati shaxsiy tarkibi hamda respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritayotgan bir guruh jurnalistlar ishtirok etdi.

           Davlat bojxona qo’mitasi Raisining birinchi o’rinbosari Sh.Xayrullaev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayramlari bilan qizg’in muborakbod etar ekan, jurnalistlarga voqeylikni xolis va haqqoniy yoritishdek sharafli vazifa yuklanganini, ular uchun el-yurt manfaati har narsadan ustun turishini; matbuot, ommaviy axborot vositalari davlat va jamiyat o’rtasidagi mustahkam ko’prik ekanligini alohida e’tirof etdi.
           Davlat bojxona qo’mitasi tizim faoliyatini yoritishda respublikamizda faoliyat ko’rsatib kelayotgan markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda.
          Agar ilgarilari bojxona xizmati faoliyatini yoritishda faqatgina kontrabandaga qarshi kurashish yo’nalishida amalga oshirilayotgan ishlar ko’proq yoritilgan bo’lsa, hozirda esa bojxona organlarining mamlakatimiz iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash borasidagi keng qamrovli faoliyati haqida ham ko’plab tahliliy chiqishlar e’lon qilinmoqda, - deydi biz bilan suhbatda qo’mita Matbuot xizmati rahbari, bojxona xizmati kapitani A.Abdurahmonov. - Albatta, ularning sonini bundan buyon ham ko’paytirishimiz, sifatini oshirishimiz  kerak. Bunda esa so’zsiz ommaviy axborot vositalari xodimlarining ko’magi va qo’llab-quvvatlashi zarur bo’ladi.
        
Tadbirda so’zga chiqqan O’zDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti professori F.Mo’minov va NTT nodavlat telekompaniyalar teletarmog’i Bosh direktori K.Shamsiddinovlar jurnalistlarimizning bugungi kundagi faoliyati, turli axborot hurujlari kuchaygan hozirgi kunda ularning jamiyatdagi tutgan o’rni haqida to’xtalib o’tdilar.
          Tadbir so’nggida bojxona sohasini yoritishda faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh jurnalistlarga qimmatbaho sovg’alar topshirildi. 


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM