ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Izzatini bilmagan “mehmon”lar
07.09.2009 09:13
        Ma’lumki, naqd xorijiy valyutalarni davlat chegaralari orqali olib o’tishning o’z tartib qoidalari, belgilangan miqdor va me’yorlari mavjud. Bunga nafaqat davlat fuqarolari, balki o’sha davlatga tashrif buyuradigan boshqa horijliklar ham rioya etishlari lozim.
        Ammo ayrim kimsalar amaldagi tartib-qoidalarga buysunish o’rniga noqonuniy xatti-harakatlarga qo’l urishadi. Oqibatda esa o’z qilmishlaridan pushaymon bo’lib qolishadi.

         Moskvaga uchishga shaylangan xorij fuqarosi ye.Kostina ham so’nggi pushaymon oldida chorasiz qoldi. Samarqand aeroporti bojxona posti xodimlari bu ayolni 2320 AQSh dollarini  yashirincha olib chiqishga uringanida fosh etishdi.
         Toshkent aeroportida xorijlik A.Iqbal ham Lahor safarini kechiktirishiga to’g’ri keldi. Boisi, bu ayol bojxona bayonnomasini to’ldirayotib, yonidagi 2530 AQSh dollarini qayd etishni “unutib” qo’yibdi.
         Okeanortidan tashrif buyurgan yo’lovchi F.Jeyms “Toshkent-Moskva” yo’nalishi bo’yicha parvozini to’xtatishga majbur bo’ldi. Qarang-ki, xorijlik bu fuqaro hamyonidagi 4 ming AQSh dollari haqida bojxona bayonnomasida “lom-mim” demabdi.
         Êanadalik U.Berj ham Moskvaga uchib ketish oldidan bojxonachilar oldida yer chizib qoldi. Ushbu shaxs  bojxona bayonnomasida ko’rsatilmagan va bojxona inspektorining og’zaki so’rog’i paytida aytilmagan 5353 AQSh dollari,  400 yevro, 840 rossiya rubli va 150 kanada dollari miqdoridagi naqd xorijiy valyutalarni yashirincha olib chiqishga uringanida Toshkent aeroportida to’xtatib qolindi.

         Davlat bojxona qo’mitasi
Matbuot xizmati

 


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM