Respublikamiz bojxonachilari
yurtimiz hududi orqali noqonuniy ravishda naqd xorijiy hamda milliy valyutalarni
olib o’tilishini oldini olish borasida qator chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda.
Yaqinda Toshkent xalqaro
aeroporti bojxonachilari Istambulga uchib ketayotgan fuqaro D. Boboyorovani bojxona
nazoratidan o’tkazishganda, uning qo’l sumkasida bojxona bayonnomasida ko’rsatilmagan
3000 AQSh dollari borligi aniqlandi. Mazkur yo’nalish bo’yicha uchib ketayotgan
fuqaro Y. Kasimova esa bojxona bayonnomasida ko’rsatilmagan 5400 AQSh dollari miqdoridagi
xorijiy valyutani qo’l yuklari orasiga yashirib qo’ygan ekan.
«Toshkent-Moskva»
yo’nalishi bo’yicha uchib ketayotgan Rossiya fuqarosi Xvan Galinaning ham 2000 AQSh
dollari miqdoridagi xorijiy valyuta yurtimizdan noqonuniy olib chiqishga bo’lgan
urinishi samarasiz yakun topdi.
Andijon viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari ham mazkur
yo’nalishda qizg’in ish olib borishmoqda. Yaqinda viloyatning “Mingtepa” bojxona
posti xodimlari aylanma yo’l orqali Qirg’iziston Respublikasiga chiqib ketmoqchi
bo’lgan fuqaro G. Vafoevani to’xtatib uning qo’l yuklarini tekshirishganda, ushbu
ayol 2 million 700 ming so’mni qo’l
sumkasi ichiga yashirgancha qo’shni davlatga
otlanganligi ma’lum bo’ldi.
Viloyat bojxonachilari yana bir holatda aylanma yo’llar
orqali qo’shni davlatga chiqishga uringan fuqaro M.Qosimovani to’xtatib uning qo’l
yuklarini tekshirishganda, u ham 2 million so’mni noqonuniy olib ketayotganligi
oshkor bo’ldi.
Ma’lumki, amaldagi qonunchilikka muvofiq respublikamiz
hududiga cheklanmagan miqdordagi naqd xorijiy valyutalarni olib kirish mumkin. Ammo
buning uchun har bir fuqaro o’zi bilan olib kelayotgan valyutani bojxona bayonnomasida
ko’rsatishi shart. Bojxona bayonnomasida ko’rsatilmagan valyutalar esa davlat ixtiyoriga
o’tkaziladi.
Yaqinda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Navoiy” bojxona posti xodimlari yuqoridagi holatga duch kelishdi. Mazkur post orqali yurtimizga kirib kelgan “Volvo” rusumli avtomashina
tekshirilganda fuqaro D.Varonov bojxona bayonnomasida ko’rsatilmagan 3000 AQSh dollari hamda 50ming Rossiya rublini avtoulov saloni ichidagi qo’l sumkasiga yashirib qo’yganligi aniqlandi.
“
Oshing halol bo’lsa ko’chada ich”- deganlaridek, agarda ushbu fuqaro o’zi bilan
olib kelayotgan valyutalarni o’rnatilgan tartibda bojxonachilarga ma’lum qilganda
so’nggi pushaymonga o’rin qolmasdi.