ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Iqtisodiy chegaralarning mustahkam qalqoni
14.01.2010 13:41

        Har yili 14 yanvarda O’zbekiston Respublikasi  Qurolli Kuchlari hamda huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari va albatta, butun O’zbekiston xalqi mamlakatimiz hayotidagi qutlug’ sanalardan biri – “Vatan himoyachilari kuni”ni bayram sifatida keng nishonlaydilar. Shu munosabat bilan Davlat bojxona qo’mitasida ham tantanali bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Unda Qo’mita markaziy apparati shaxsiy tarkibi, hududiy boshqarmalardan vakillar, bojxona xizmati faxriylari hamda Oliy harbiy bojxona instituti tinglovchilari ishtirok etishdi.

       Tadbir O’zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi bilan boshlandi.
     Dastlab yig’ilganlarga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti – Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo’mondoni Islom Karimovning “Vatanga qasamyod” haykalining ochilishiga bag’ishlangan nutqi va O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 18 yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga tabrigi o’qib eshittirildi.
      Azaldan ma’lumki, o’zini haqiqiy mustaqil  deb bilgan davlat qudratli Qurolli Kuchlarga ega bo’lishi kerak. Bugungi kunda O’zbekiston Qurolli Kuchlari doimo mamlakatimiz ozodligi va mustaqilligining, keng miqyosdagi demokratik o’zgarishlarni amalga oshirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish, muqaddas zaminimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashning ishonchli kafolati bo’lib kelmoqda va bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi. 
       Mamlakatimiz Qurolli Kuchlari va boshqa huquqni himoya qilish organlari qatorida Davlat bojxona qo’mitasi ham davlatimiz xavfsizligini ta’minlash, mamlakat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, chetdan qurol-yarog’, o’q-dori va narkotik moddalarning hamda respublika mustaqilligiga rahna soluvchi turli ekstremistik adabiyotlar va vositalarni kirib kelishining oldini olish, shuningdek ichki bozorni muhofaza qilish, davlat xazinasini to’ldirish kabi muhim vazifalarni sharaf bilan bajarib kelmoqda.
       Ta’kidlash joizki, bojxonachilar tomonidan qo’lga kiritilayotgan natijalarga avvalo asosiy e’tiborni bojxona tizimini isloh qilish va sohaga oid qonunchilikni takomillashtirishga qaratish, bojxona nazoratini va kontrabandaga qarshi kurashni kuchaytirish, faoliyatimizga axborot texnologiyalarini keng joriy etish, tovarlarning haqiqiy miqdori va qiymatidan kelib chiqib bojxona to’lovlarini undirish evaziga erishilmoqda.
         Eng muhimi esa, boshqa sohalarda bo’lgani kabi bojxonachilar faoliyati ham muntazzam ravishda davlatimiz rahbariyati tomonidan rag’batlantirib borilmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 11 yanvardagi “Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, Mudofaa va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to’g’risida”gi PF-4167-sonli Farmoniga muvofiq taqdirlanganlar  safida Davlat bojxona qo’mitasining 4 nafar xodimlari ham bor. Ulardan biri, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining bo’lim boshlig’i Aziz Abdurahimov davlatimizning yuksak mukofotlaridan biri “Jasorat”  medali bilan taqdirlandi.
       Aziz Abdurahimov:Mamlakatmizning iqtisodiy dahlsizligini himoya qilishdek sharafli va shu bilan birga ma’suliyatli vazifani zimmamga olgan ekanman, bu yo’lda bor kuchim va bilimimni, mahorat va tajribamni ishga solaman. Prezidentimizning, xalqimizning menga bildirgan yuksak ishonchi butun bojxona tizimiga ko’rsatilgan e’tibor namunasi deb bilaman.   
      
Bundan tashqari, bayram munosabati bilan qo’mita rahbariyati tomonidan bayram arafasida bir qator xodimlar sohada ko’rsatayotgan jonkuyarliklari uchun turli mukofotlar bilan taqdirlangan edi. Tadbir davomida taqdirlanganlarga mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM