ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Hamyondamas, cho’ntakdamas...
20.03.2009 10:25

          Naqd xorijiy valyutalarni bojxona chegaralari orqali noqonuniy ravishda olib o’tishga urinuvchi kimsalarni valyuta bozorini rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlarning samarasi emas, balki, mo’may daromad ko’proq qiziqtiradi. Respublikamiz bojxonachilari faqat o’z manfaatini o’ylaydigan va noqonuniy xatti-harakatdan qaytmaydigan ana shunday shaxslarni fosh etmoqdalar.

         Toshkent viloyati bojxonachilari qo’shni respublikaga chiqib ketayotgan fuqaro Sh.Paychianovani ichki kiyimlariga berkitgan holda 5,5 mingga yaqin AQSh dollari va 85 ming qozoq tengesini olib chiqishga urinishlarini chippakka chiqarishdi.  
          Fuqaro A.Berdesheva bojxona bayonnomasini to’ldirar ekan, yonida hech qanday naqd valyutalar yo’qligini qayd etadi. Lekin, bu ayol o’zi bilan 95 ming qozoq tengesini yashirincha olib ketayotganligini jizzaxlik bojxonachilar fosh etishdi. 
        Yurtiga qaytayotgan A.Bagrova ham “Toshkent-Moskva” yo’nalishi bo’yicha parvozini o’z vaqtida amalga oshirolmadi. Buning sababchisi esa o’zi bo’lib, u salkam 69 ming Rossiya rubli va 135 yevroni sumkasiga yashirgancha olib chiqishga uringan edi.
          Fuqaro K.Hakimdjanova bojxona bayonnomasida ko’rsatilmagan, og’zaki so’rov paytida aytilmagan 1660 AQSh dollari bilan Istambulga uchish oldidan Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari tomonidan to’xtatib qolindi. Shuningdek, bojxonachilar Turkiyaga uchayotgan xorijlik M.Graxamning ham  1600 ingliz funt sterlingni noqonuniy olib chiqish rejasiga nuqta qo’yishdi. 
          Qo’shni respublika fuqarosi G.Kalomovaning xatti-harakatlari andijonlik bojxonachilarda shubha uyg’otdi va o’tkazilgan tekshiruvlar natijasida uning yuk sumkalariga   1700 AQSh dollari va salkam 4500 qirg’iz somi  yashirilganligi aniqlandi.
          Yana bir xorij fuqarosi M.Ikromov esa 1420 AQSh dollari va ming qozoq tengesini  yashirincha olib o’tishga uringani bois Toshkent viloyati bojxonachilari qarshisida yer chizib qoldi.
“Toshkent-Novosibirsk” yo’nalishidagi poezdda ketayotgan  fuqaro D.Yuldasheva  “Keles” temir yo’l bojxona posti xodimlarining ko’zini shamg’alat qilishga urinib, 1800 AQSh dollarini beliga bog’lab olgan ekan.  Ammo, bu “ishonchli”  usulidan faqatgina o’zi pand yedi, xolos.
           Bojxonachilarga chap berishga uringan N.Andarbaeva esa 35 ming qozoq tengesini cho’ntak yoki hamyon qolib, paypog’iga yashirgan ekan. Naqd valyutalarni qo’shni respublikaga olib chiqishga uringan bu qonunbuzarning xatti-harakatlariga  Toshkent viloyati bojxonachilari tomonidan yakun yasaldi.
          Qo’shni davlat fuqarosi M.Axmetov ham yurtimizga kirayotib, cho’ntaklarida berkitilgan 117 ming qozoq tengesini bojxona bayonnomasida qayd etishni “unutibdi”. Bu ham yetmaganidek, “mehmon” o’zi bilan qariyb 4 gr “marixuanna” giyoxvandilk moddasini olib kirishga uringanida sirdaryolik bojxonachilarga duch keldi.


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM