![]() |
Davlat Madhiyasi | 31 iyul 2010 | Ðóññêèé | Bosh sahifa | Manzilimiz |
|
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
|
|
Matbuot xizmati
Eski emas nodir ekan
10.01.2008 14:34
Tarixiy va badiiy qiymatga ega bo’lgan buyumlarning yurtimizdan noqonuniy ravishda olib chiqilishiga qarshi kurash borasida Davlat bojxona qo’mitasi xodimlari tomonidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tarixiy va badiiy qiymatga ega bo’lgan buyumlarning yurtimizdan noqonuniy ravishda olib chiqilishiga qarshi kurash borasida Davlat bojxona qo’mitasi xodimlari tomonidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Yaqinda, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari katta miqdordagi tarixiy, madaniy va badiiy qiymatga ega bo’lgan nodir buyumlarning chetga olib chiqilishini oldini olishdi. Rossiya Federatsiyasiga yo’l olgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi O. Maklakovaning uy-ro’zg’or buyumlari ortilgan ikkita konteyner “Toshkent-tovar” bojxona postida ko’rikdan o’tkazildi. O. Maklakova tomonidan to’ldirilgan bojxona bayonnomasida qisqagina qilib, eski buyumlar olib ketilayotganligi qayd etilgan edi. Ammo bojxona nazorati davomida konteynerga ortilgan oddiy eski buyumlar orasida qadimiy diniy kitoblar, ikonalar, rasmlar, bronza, mis va fil suyagidan yasalgan turli haykalchalar, chinnidan ishlangan har xil laganlar, idishlar, tasvirli likopchalar, kashtali matolar, siyohdonlar, asosiy qismi marmar, bronza va misdan iborat turli xil soatlar, qimmatbaho qutichalar, mebellar, xorijiy davlatlarning turli davrlarda zarb etilgan tangalarikabi jami 433 donadan iborat tarixiy va badiiy ahamiyatga ega bo’lgan buyumlar borligi aniqlandi. Badiiy ekspertizaga taqdim etilgan buyumlarni o’rganib, tahlil qilish jarayonida ular XVIII va XIX asrlarda shuningdek, XX asrning boshlarida yaratilganligi ma’lum bo’ldi. Hozirda ushbu qonunbuzarlik holati yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. DBQ Matbuot xizmati |
| Barcha huquqlar himoyalangan. O'zR DBQ. © 2006 - 2007 Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan |