ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 6 sentabr 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Ehtiyot bo'ling, o'yinchoq
25.01.2010 16:27

         O’yinchoq shunchaki ovunchoq vositasi emas. Endigina shakllanayotgan bola ongining dunyoni anglashi, tasavvur etishida ularning ahamiyati juda katta. Bu esa farzandlarimizga o’yinchoqlar tanlashda yanada e’tiborli bo’lishni talab etadi. Zero, o’yinchoqlar nafaqat tashqi ko’rinishi, shaklu shamoyili bilan balki kimyoviy tarkibi, gigienik sifati bilan ham kelajagimiz egalariga ziyon yetkazmasligi lozim. Ammo, mo’may daromad ilinjidagi ayrim “tadbirkorlar”ni bu muhim jihat qiziqtirmaydigan ko’rinadi.

        Respublikamiz bojxonachilari tomonidan esa bunday soxta tadbirkorlarning faoliyatiga o’z vaqtida chek qo’yilmoqda.
        Navoiy viloyati bojxonachilari Qoraqalpog’istonga ketayotgan  “Mersedes-Bents” rusumli avtobusni bojxona nazoratidan o’tkazishganda, yo’lovchilardan biri M. Djaylixanovning qiymati salkam 1.5 mln. so’mlik,  3 turdagi 1368 dona archa o’yinchoqlarini tegishli hujjatlarsiz olib ketayotganligini aniqlashdi.
       “Toshkent-Xazorasp” yo’nalishidagi  “Kamaz” yuk avtomashinasini bojxona ko’rigidan o’tkazgan buxorolik bojxonachilar esa fuqaro Sh.Abdiramanovning qiymati 1 mln. so’mdan ziyod 2650 dona bolalar o’yinchoqlarini yashirincha olib ketayotganida to’xtatib qolishdi.
       Andijonlik bojxonachilar ham yashirincha olib kirilgan bolalar o’yinchoqlarining yirik turkumlarini fosh etishdi. Qo’rg’ontepa tumanidagi aylanma yo’l orqali yuklarini yashirin tarzda bo’lib-bo’lib yurtimizga olib o’tayotgan qonunbuzar shaxs bojxona va  chegara qo’shinlari xodimlarini ko’rib qolgach, qo’shni davlat hududi tomon juftakni rostlab qoladi. Qoldirilgan yuklar o’rnatilgan tartibda ko’zdan kechirilganda esa, u yerda qiymati 1.5 mln. so’mdan ziyod, Xitoyda ishlab chiqarilgan 4030 dona turli bolalar o’yinchoqlari borligi ma’lum bo’ldi.
     Paxtaobod tumanida qonunbuzar tomonidan tashlab ketilgan yuklar ham bolalar o’yinchoqlari bo’lib chiqdi. Sifati kafolatlanmagan 4142 dona ushbu o’yinchoqlarning qiymati 1 mln. so’mdan ziyod ekan.
      Qo’rg’ontepa tumanida viloyat bojxonachilari va boshqa huquqni himoya qiluvchi idoralar vakillari tomonidan fuqaro X.Toliboevning xonadoni qonunchilikda belgilangan tartibda ko’zdan kechirilganda, u yerda yurtimizga yashirin yo’llar bilan olib kirilgan va bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi xujjatlari bo’lmagan 19 turdagi salkam 14.5 ming dona bolalar o’yinchoqlari noqonuniy ravishda saqlanayotganligi fosh etildi.
       Ta’kidlash joizki, respublikamiz bojxonachilari tomonidan o’tgan 2009 yilda aniqlangan 206 ta qonunbuzarlik holatida yaroqliligi ma’lum bo’lmagan bolalar o’yinchoqlarining noqonuniy olib o’tilishiga chek qo’yildi.

 

 

 

 

 

 


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM