![]() |
Davlat Madhiyasi | 31 iyul 2010 | Ðóññêèé | Bosh sahifa | Manzilimiz |
|
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
|
|
Matbuot xizmati
Egri yo’lda adashgan “egri”lar
09.07.2009 17:30
Erta bahordan ketmonini yelkasiga olgan bobodehqonlarimizning daladagi mashaqqatli
mehnati samarasi bugungi pishiqchilik pallasida yaqqol namoyon bo’ladi. Ular yurtdoshlarimiz
dasturxonini to’kin, turmushini yanada farovon qilishga o’zlarining munosib hissalarini
qo’shish uchun g’ayrat-shijoat va fidoyilik bilan mehnat qilishayotgani xalqimizning
kundalik turmushidagi, bozorlardagi to’kin-sochinliklarda o’z isbotini topmoqda.
Lekin xalqimiz rizqiga xiyonat qilayotgan ayrim “uchar” tadbirkorlar dehqonu
mirishkorlarning mashaqqatli mehnati samarasi bo’lmish qishloq xo’jaligi mahsulotlarini
chetga noqonuniy ravishda olib o’tishga va mo’may daromad orttirishga urinmoqdalar.
Ularning qonunga zid xatti-harakatlariga esa respublikamiz bojxonachilari tomonidan
o’z vaqtida chek qo’yilmoqda va noz-ne’matlar el dasturxoniga qaytarilmoqda.
Namangan viloyati Namangan tumanida istiqomat qiluvchi A.Mo’minov 7 tonna baqlajon va bulg’or qalampirini bojxona nazorati o’rnatilmagan aylanma yo’llar orqali noqonuniy tarzda olib chiqmoqchi bo’lganida viloyat bojxonachilari tomonidan to’xtatib qolindi. Shuningdek, viloyat bojxonachilar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda o’tkazilgan tezkor tadbir davomida yirik miqdordagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari kontrabandasiga chek qo’yildi. Yangiqo’rg’on tumanini qo’shni davlat bilan bog’lovchi aylanma yo’llarning birida harakatlanayotgan davlat belgisi 16 D 5786 va 16 U 9667 bo’lgan “Kamaz” rusumli yuk avtomashinalari to’xtatib tekshirilganda, 23 tonnadan ziyod pomidor va olxo’ri noqonuniy ravishda chetga olib ketilayotgani ma’lum bo’ldi. Aniqlanishicha qiymati 10 million so’mga yaqin ushbu qishloq xo’jaligi mahsulotlari fuqaro A. Imomalievga tegishli ekan. Sirdaryolik bojxonachilar “uchar tadbirkor”lardan yana biri G.Darsidzening 5 tonnadan oshiq piyozni “Kamaz” rusumli yuk avtomashinasiga yuklab, qo’shni respublikaga noqonuniy olib chiqib ketayotganda manziliga yetib borishiga yo’l berishmadi. Shuningdek, ular “Zil” yuk avtomashinasida 4 tonnadan oshiq pomidorni hech qanday hujjatlarsiz qo’shni davlatga olib chiqishga uringan fuqaro E.Rahmatovning hatti-xarakatlariga ham nuqta qo’yishdi. Toshkent viloyati bojxona boshqarmasixodimlari aylanma yo’lda harakatlanayotgan ““Gaz-32” rusumli avtomashinani to’xtatib tekshirishganda, haydovchining to’g’ri yo’l qolib “egri” yo’lni ixtiyor qilganligi bejiz emasligi ma’lum bo’ldi. Fuqaro B. To’xsanov umumiy qiymati 23 million so’mdan oshiq salkam 3 tonna olma va olxo’ri kabi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini hech qanday hujjatlarsiz chetga olib ketayotgan ekan. |
| Barcha huquqlar himoyalangan. O'zR DBQ. © 2006 - 2007 Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan |