ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Egri "eksport"
10.06.2009 16:00
          Zaminimizda yetishtirilgan turli qishloq xo’jaligi mahsulotlariga talab hech qachon susaymagan. Shunga yarasha bozorlarimizda ham hamisha to’kin-sochinlik xukmron. Yaratilayotgan shart-sharoitlar bois tadbirkorlarimizning qishloq xo’jaligi mahsulotlari nafaqat yurtimiz bozorlarida, balki horijda ham o’z xaridorlarini topmoqda.
     Respublikamizda qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksporti uchun ham barcha qonuniy imkoniyat va shart-sharoitlar yaratib berilgan. Amaldagi qonunchilikka muvofiq bu kabi mahsulotlarning eksporti - mulkchilik shaklidan qat’iy nazar yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo’yilgan.
      Shunday bo’lsada, xalqimiz rizqiga xiyonat qilayotgan ayrim “uchar” tadbirkorlar yurtimizda yetishtirilgan sara mahsulotlarni chetga noqonuniy ravishda olib o’tib, mo’may daromad orttirishga urinmoqdalar. Ularning qonunga zid xatti-harakatlariga respublikamiz bojxonachilari tomonidan o’z vaqtida chek qo’yilmoqda va noz-ne’matlar el dasturxoniga qaytarilmoqda.
       Namangan viloyati Chust tumanida istiqomat qiluvchi N.Qurbonov 12 tonna-yu 400 kilogrammdan ortiq piyozni o’zi boshqaruvidagi “KAMAZ-5320” rusumli yuk mashinasiga yuklab, Paxtaobod tumanidagi aylanma yo’llar orqali qo’shni respublikaga noqonuniy olib o’tmoqchi bo’lganida andijonlik bojxonachilar tomonidan to’xtatib qolindi.
      Sirdaryolik bojxonachilar ham “uchar tadbirkor”lardan biri B.Xilalovning noqonuniy xatti-harakatiga chek qo’yishdi. Gap shundaki, qonunbuzar 2,2 tonnadan oshiq bodring va pomidorlarni “Zil” yuk mashinasiga yuklab, aylanma yo’llar orqali respublikamiz hududidan olib chiqmoqchi bo’lgan ekan.
    Qoraqalpog’iston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari aylanma yo’lda harakatlanayotgan fuqaro B. Ismedullaev boshqaruvidagi“KAMAZ” yuk mashinasini to’xtatib, bojxona nazoratidan o’tkazishganda, haydovchining to’g’ri yo’l qolib “egri” yo’lni ixtiyor qilganligi bejiz emasligi oydinlashdi. Ma’lum bo’lishicha, ushbu huquqbuzar umumiy qiymati salkam 16 million so’mlik jami 13 tonnadan ortik bodring va piyozlarni hech qanday hujjatlarsiz chetga olib chiqib, pullashni ko’zlagan ekan.
       Qo’shni davlat fuqarosi B.Kolbaev esa chegaradagi sim to’siqlar orqali salkam 15 tonna karam mahsulotini o’z yurtiga noqonuniy ravishda olib o’tmoqchi bo’lganida sirdaryolik bojxonachilarga duch keldi.

 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM