ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
"Egasiz" tamaki
03.12.2009 18:34

Respublikamiz bojxonachilari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda sifati kafolatlanmagan va tegishli hujjatlari bo’lmagan tamaki mahsulotlarining noqonuniy olib o’tilishiga qarshi tezkor chora-tadbirlar olib borilmoqda. Andijon viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari bir necha holatlarda yirik miqdordagi tamaki mahsulotlarining yurtimizga noqonuniy olib kirilishining oldini olishdi.

        Paxtaobod tumanidagi qo’shni davlatga eltuvchi aylanma yo’llarni nazorat qilish jarayonida bojxonachilar chegara simlari yonida izg’ib yurgan shaxsga duch kelishadi. Ammo, kuzatuvga olinganini sezib qolgan kimsa darhol qo’shni davlat hududi tomon juftakni rostlab qoladi. Voqea joyi belgilangan tartibda ko’zdan kechirilganda esa, u yerda 1327 quti “Klasssik” filtrli sigaretlari noqonuniy ravishda yurtimizga olib kirilayotgani ma’lum bo’ldi.
        Xuddi shunday holat “Madaniyat” va “Adir” bojxona posti xodimlari tomonidan ham kuzatildi. Bu gal huquq himoyachilarini ko’rib qolgach, juftakni rostlagan qonunbuzarga 1500 quti sigaretlar “og’irlik” qildi.   Xo’jaobod tumanida qayd etilgan huquqbuzarlik holatida esa bojxonachilarga duch kelgach, qo’shni respublika hududiga qochib ketgan noma’lum fuqaro nafaqat sigaretlar (1570 quti), balki qiymati salkam 6 mln. so’mlik pirotexnika vositalari, kiyim-kechaklar, oyoq kiyimlar va boshqa xo’jalik mollaridan ham voz kechishga majbur bo’ldi.


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM