ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Dollar, yevro, yuan... tilla
02.03.2009 16:12

         Respublikamiz bojxonachilari naqd xorijiy valyutalar va zargarlik buyumlarining yurtimiz chegaralari orqali noqonuniy ravishda olib o’tilishining oldini olish borasida qator chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda.

          Yaqinda Toshkent viloyati bojxonachilari yirik miqdordagi naqd valyutalar va zargarlik buyumlarining yurtimizdan noqonuniy olib chiqilishiga chek qo’yishdi. O’z yurtiga chiqib ketayotgan qo’shni respublika fuqarosi Kadisha Koxanbaeva bojxonama bayonnomasini to’ldirar ekan, yonida hech qanday naqd xorijiy valyutalar yo’qligini qayd etadi. Lekin, uning hatti-xarakatlari bojxonachilarda shubha uyg’otadi va o’tkazilgan tekshiruvlar natijasida ayolning qo’l sumkasiga 4 ming 200 qozoq tengesi va 21 ming 200 AQSh dollari yashirilganligi aniqlandi. Ammo, bu hali hammasi emas. Qonunbuzar ayol sariq rangli metaldan yasalgan og’irligi 162 grammdan ortiq  10 juft zirak va 20 dona uzuklarni ham qo’l sumkasiga ustomonlik bilan berkitib,  qo’shni yurtga olib chiqmoqchi bo’lgan ekan.
          Qo’shni davlat fuqarosi A.Abdikadirov bojxona bayonnomasida ham ko’rsatilmagan, og’zaki so’rov paytida ham aytilmagan 4200 AQSh dollarini yashirincha olib chiqmoqchi bo’lganida   Toshkent viloyati «Navoiy» bojxona posti xodimlari tomonidan to’xtatib qolindi. 
         Aylanma yo’llarda “adashib” yurgan fuqaro Sh.Qosimova ham farg’onalik bojxonachilar qarshisida yer chizib qoldi. Chunki, u 6900 AQSh dollarini noqonuniy ravishda yurtimizga olib kirishga uringan edi. Rossiya federatsiyasiga uchib ketayotgan   fuqaro Lidya Gromixalina aviachiptasida ko’rsatilgan yo’nalish bo’yicha vaqtida parvoz qila olmadi. Sababi, u  10 ming 825 AQSh dollari va 90 yevroni  bojxona bayonnomasida ko’rsatmasdan  yashirincha olib chiqishga uringanda “Toshkent xalqaro aeroporti” bojxonachilari tomonidan to’xtatib qolindi.
          Pekinga uchishga shaylangan xorijlik fuqaro O.Burova ham o’z qilmishidan o’zi pand yedi, xolos. Bojxonachilar uning sumkasini tekshirayotib, unga 27 ming xitoy yuani yashirilganligini aniqlashdi. U ham bu pullar haqida na og’zaki so’rov paytida, na bojxona bayonnomasida lom-mim demagan.
          Tilla va zargarlik buyumlarining  bozori chaqqonligidan foydalanib, noqonuniy yo’l bilan bo’lsa-da, mo’may daromad orttirishga uringan M.Bobojonova poezdda yurtimizga kirib kelayotib, qiymati 3 million 600 ming so’mga yaqin og’irligi 167 grammdan oshiq 36 dona tilla va zargarlik buyumlarini ich kiyimiga berkitgan holda olib o’tishga uringan ekan. 
          Toshkent viloyati bojxonachilari  ham ana shunday kimsalardan birini fosh etishdi. Fuqaro M.Turg’unova ham 330 gramm og’irlikdagi 124 dona zargarlik buyumlarini yubkasiga berkitgan holda qo’shni respublikaga olib chiqmoqchi bo’lgan ekan.  


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM