|
|
Diniy adabiyot “ishqiboz”lari
12.05.2010 19:31
O’zbekiston Respublkasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi Qonunining 19-moddasiga binoan chet elda nashr etilgan diniy adabiyotlarni olib kelish va tarqatish, ularning mazmuni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ekspertizadan o’tkazilganidan keyin amalga oshiriladi. Qolaversa, diniy adabiyotlar va diniy mazmundagi boshqa axborot materiallarini respublikamiz qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishlab chiqarishga, eksport va import qilishga hamda tarqatishga faqatgina mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlarigina haqlidirlar.
Ammo, ayni tartiblarni qo’pol ravishda buzib, turli diniy adabiyotlarni noqonuniy ravishda yurtimizga olib kirishga urinayotgan shaxslar ham uchrab turibdi. Respublikamiz bojxonachilari tomonidan esa ularning qing’ir hatti-xarakatlariga o’z vaqtida chek qo’yilmoqda.
Yaqinda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari diniy adabiyotlarning noqonuniy olib kirilishiga qarshi bir nechta qonunbuzarlik holatlarini fosh etishdi.
Jumladan, qo’shni davlatdan kelayotgan fuqaro U.Janabaevanibojxona bayonnomasida ko’rsatilmagan hamdaog’zaki so’rovi paytida ma’lum qilinmagan 3 dona diniy mazmundagi kitoblarniolib kirishga uringan paytda to’xtatib qolishdi.
Bojxona ko’rigidan o’tkazilgan poytaxtlik M.Safarovning ham qo’l sumkasida diniy mazmundagi 11 dona DVD disklar va 10 dona kitoblarni yashirin ravishda olib kirayotganligi fosh etildi.
“Navoiy” bojxona postixodimlari fuqaro G.Gavrilovaning ham qing’ir qilmishlariga chek qo’yishdi. Qarang-ki, bu ayol qayta sotish maqsadida olib kelayotgan 8 turdagi 15 dona diniy kitob, jurnal va taqvimlarhaqida na bojxona bayonnomasida, na og’zaki so’rovpaytida aytishni “unutib” qo’yibdi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
|
|