|
|
Cho’ntakda bor, paypoqda bor. Bayonnomada esa...?
15.10.2009 13:31
Mamlakatimizda valyuta
resurslaridan unumli foydalanish, valyuta bozorini yanada rivojlantirish maqsadida
izchil islohotlar amalga oshirilayotgan bir paytda naqd xorijiy valyutalarni noqonuniy
ravishda olib o’tishga urinayotgan shaxslarning borligi achinarlidir.
Respublikamiz bojxonachilari
naqd xorijiy valyutalarning yurtimiz chegaralari orqali noqonuniy ravishda olib
o’tilishining oldini olish borasida qator chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda.
Qo’shni davlat fuqarosi
ye.Bikova yurtimizga kirayotib, Toshkent viloyati bojxonachilariga yonida ortiqcha
naqd valyutalar yo’qligini ma’lum qiladi. Ammo, o’tkazilgan bojxona ko’rigi chog’ida
kurtkasining cho’ntagida bayonnomada qayd etilmagan salkam 10 ming AQSh dollarini
yashirincha yurtimizga olib kirishga uringanligi oshkor bo’ldi.
Shuningdek, qo’shni
respublikaga otlangan Sh.Shakarovning bejo oyoq olishi viloyat bojxonachilarining
diqqatini tortdi. Chunki, u paypoqlari orasiga 35 ming 660 AQSh dollarini yashirgancha
yurtimizdan olib chiqishni ko’zlagan ekan.
“Toshkent-Moskva”
yo’nalishida poezdda yo’lga chiqqan L. Korotchenko ham safarini qoldirishiga to’g’ri
keldi. Chunki, bu ayol 41 ming AQSh dollarini
qo’l sumkasiga yashirgancha, olib chiqib ketishga uringanda Toshkent shahar bojxonachilari
tomonidan to’xtatib qolindi.
Buxoro viloyati bojxonachilari
ham yirik miqdordagi naqd horijiy valyutalar kontrabandasiga chek qo’yishdi. “Olot”
bojxona kompleksida Qozog’istondan Turkiya tomon harakatlanayotgan “Mersedets-bents”
yuk mashinasi bojxona ko’rigidan o’tkazilganda,
uning saloniga oz emas, ko’p emas naqd 56 ming AQSh dollaridan ziyod valyutalar
yashirilganligi ayon bo’ldi. Avtoulov haydovchisi horijlik O.O’zdemir bu pullarni
noqonuniy tarzda yurtimizdan olib chiqmoqchi bo’lgan ekan.
|
|