ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 6 sentabr 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Chetni ko’zlagan “kashanda”lar
31.07.2010 09:27

Respublikamiz bojxonachilari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda sifati kafolatlanmagan va tegishli hujjatlari bo’lmagan tamaki mahsulotlarini mamlakatimiz sarhadlari orqali olib o’tilishi hamda uning ichki hududda noqonuniy aylanmasining oldini olish bo’yicha tezkor chora-tadbirlar olib borilmoqda. Natijada, joriy yilning o’tgan 6 oyi davomida aniqlangan 268 ta qonunbuzarlik holatlarida 180 ming qutidan ortiq tamaki mahsulotlarining noqonuniy olib o’tilishiga chek qo’yildi. Musodara qilingan ushbu turdagi tovarlarning umumiy qiymati 154 mln. so’mdan ortgan.

           Poytaxt aeroportida “Toshkent–Tel-Aviv” yo’nalishida uchishga shaylangan fuqaro F.Ro’zieva bojxonachilar oldida “kashanda” sifatida taassurot qoldirgan bo’lsa ajab emas. Chunki, ayol bojxona bayonnomasida qayd etilmagan 1000 quti “Pall Mall” sigaretlarini yashirincha olib chiqishga uringan paytda to’xtatib qolindi.
         Qashqadaryo viloyatining Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh hududida mototsiklda “sayr” qilib yurgan qonunbuzar huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillarining ta’qibini sezib, qo’shni davlat tomon juftakni rostlab qoladi. Ammo, bunda unga  ulovi “og’irlik” qildi. Tashlab ketilgan mototsikl xolislar ishtirokida ko’zdan kechirilganda, unga qiymati 2 mln. so’mdan oshiq 3410 quti “Viceroy" sigaretlari qo’shni davlatga yashirincha olib chiqish uchun ortilgani ayon bo’ldi.
        Farg’onalik bojxonachilar ham boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda tamaki mahsulotlarining noqonuniy olib o’tilishi bilan bog’liq yirik qonunbuzarlik holatini fosh etishdi. Gap shundaki, fuqaro B.O’rmonovning xonadoni o’rnatilgan tartibda ko’zdan kechirilganda, bu yerda “Fisher”, “Novost” va “Pine” markali 4300 quti sigaretlar yashirin ravishda saqlanayotganligi aniqlandi. Ammo, 4,5 mln. so’m qiymatdagi ushbu tamaki mahsulotlarining egasi butunlay boshqa shaxs ya’ni fuqaro P.Muhammadjon bo’lib chiqdi. Xonadon sohibi esa qonunbuzarga “beg’araz yaxshilik” qilaman deb, hech qanday hujjati bo’lmagan ushbu tovarlarni  saqlash uchun o’z uyidan joy bergan ekan.
       Paxtaobod tumanining chegaradosh hududidagi aylanma yo’lda “Tiko” avtomashinasi bejizga “adashib” qolmagan ekan. Mazkur avtoulov to’xtatilib tekshirilganda, unga qo’shni davlatda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari bo’lmagan salkam 5700 quti “Klassik” nomli sigaretlar ortilgani ma’lum bo’ldi. Aniqlanishicha, fuqaro M.Xolmatov o’ziga tegishli va qiymati 2.85 mln. so’mlik ushbu tamaki mahsulotlarini qo’shni davlatdan yashirin tarzda respublikamiz hududiga olib kirishga uringan ekan.Hozirda ushbu holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM