ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 6 sentabr 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Bojxona infratuzilmasini obodonlashtirish yo’lida
02.06.2010 17:57

Davlat bojxona qo’mitasi tomonidan bojxona postlarida fuqarolar va TIF ishtirokchilari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida qator chora-tadbirlar olib borilmoqda. Keyingi uch yil davomida halqaro standartlar va talablarga muvofiq keluvchi O’zbekiston-Tojikiston chegarasidagi “Oybek”, O’zbekiston-Qozog’iston chegarasidagi “Yallama”, “Navoiy” va S.Najimov nomidagi bojxona postlari foydalanishga topshirildi.

          O’zbekiston-Turkmaniston chegarasida Xorazm viloyatida “Shovot”, Qashqadaryo viloyatida “Qarshi-Kerki” o’tkazish punktlarini rekonstruktsiya qilish hamda jihozlash ishlari yakuniga yetkazildi.
         TIF ishtirokchilari uchun Toshkent viloyatidagi Angren logistika Markazida “Angren” TIF va “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasining yuk terminalida “Logistika TIF” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari barpo etildi.
         Hozirgi vaqtda Qoraqalpog’istondagi Ustyurt tekisligida joylashgan “Dovud ota” bojxona posti qurilmoqda. Mazkur post halqaro maqomga ega bo’lib, respublikaning strategik jihatdan muhim ob’ektlaridan biri deyish mumkin. Chunki, “Dovud ota” bojxona posti Y-40 halqaro magistral yo’lida chegara-bojxona nazoratini ta’minlaydi. Uning foydalanishga topshirilishi MDH va yevropa mamlakatlariga chiqishni ta’minlaydigan “Buyuk ipak yo’li” (Andijon-Toshkent-Nukus-Qo’ng’irot-Beynov) aytoyo’lidan o’tadigan fuqarolar, avtotransport vositalari va yuklarning olib o’tilishini nazorat qiladi.
       “Dovud ota” chegaradan o’tkazish punktining hududi 2 gektarni tashkil qiladi. Bu yerda nazorat-o’tkazish punktlarining binolari, olib kirilayotgan yuk avtotranport vositalarini chuqurroq ko’rikdan o’tkazish uchun boks,  olib chiqilayotgan yuk avtotranport vositalarini ko’rikdan o’tkazish va rasmiylashtirish uchun binolar, zobitlar oshxonasi, xizmat itlari uchun volerlar, shuningdek, ma’muriy-maishiy korpuslarning birinchi qavatlari qurib bo’lindi.joriy yilning sentyabrida ushbu postda qurilish-montaj ishlarini yakunlash va uni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM