ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 6 sentabr 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Bojxona eksportni qo’llab-quvvatlaydi!
30.07.2010 12:48
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida mamlakat eksport salohiyatining tobora yuksalib borayotganligi muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning ko’plab qaror va farmonlarida eksportga yo’naltirilgan respublika iqtisodiyotini yanada takomillashtirish masalalari o’z ifodasini topgan. Ayniqsa O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10 oktyabrdagi 1871 sonli “Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag’batlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoniga muvofiq respublikadan eksport qilinuvchi mahsulotlardan undiriladigan eksport bojlari bekor qilindi. 
Natijada esa O’zbekiston Respublikasi umumiy tashqi savdo aylanmasida eksportning ulushi importga nisbatan yildan-yilga oshib, ijobiy saldoga erishib kelinmoqda.
       Ammo shuni ta’kidlash joizki, ayrim internet sahifalarida O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatidan bexabar bo’lgan ba’zi xorijiy muxbirlarning respublika eksporti bilan bog’liq noto’g’ri ma’lumotlari uchrab turibdi. Jumladan, yaqinda internet saytida yoritilgan “Tadbirkorlar O’zbekiston bojxonasini zarar keltirishda ayblamoqdalar” sarlavhali materialni ham shular qatoriga kiritish mumkin.
       Maqolani o’qigan kishida O’zbekiston Respublikasi eksportida yuzaga kelayotgan ijobiy saldo birgina quritilgan mevalarning bojxona qiymatiga bog’liq ekan degan tasavvur kelib chiqadi. Ammo statistik ma’lumotlar yuqorida keltirilgan maqoladagi bildirilgan fikrlarning asossiz ekanligini tasdiqlaydi.
       Jumladan, O’zbekiston Respublikasida quritilgan mevalarning eksport bojxona qiymatini yuqori belgilanishi ushbu mahsulotning eksport hajmini keskin pasayib ketishiga olib keladi deyilishida hech qanday asos yo’q. Chunki, O’zbekiston Respublikasidan 2008 yilda 17,58 ming tonna quritilgan mevalar eksport qilingan bo’lsa, 2009 yilda bu ko’rsatkich 50 foizga ortib, 26,37 ming tonnani tashkil etgan.
       Bundan tashqari bojxona xodimlari eksport bojxona yuk deklaratsiyasining “Statistik qiymat” bandiga mayizning 1 kilogrami  uchun shartnomada keltirilgan 0,40 AQSh dollari o’rniga, 1,60 AQSh dollarini keltirishni talab qilganliklari ham bejiz emas. Chunki, O’zbekiston Respublikasi ichki bozorida bu mahsulot 1 kilogramining o’rtacha narxi 2,1 AQSh dollarini tashkil etganligidan kelib chiqib, bojxonachilar tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilaridan ushbu mahsulotning 1 kilogrami uchun belgilangan 0,40 AQSh dollariga tegishli izoh (kalkulyatsiya va boshqa hujjatlar) berilishi talab etilganda, ular tomonidan juda ko’p hollarda mahsulotning haqqoniy narxini yashirish maqsadida “mahsulotni ichki bozorlardan sotib oldim” degan biron-bir aniq ma’lumotga ega bo’lmagan misollar keltirilgan.
       Shuningdek, tahlillarning ko’rsatishicha 2008 yilda O’zbekiston Respublikasida 1 kilogramm uzumning bojxona qiymati 0,95 AQSh dollarini tashkil etgan bo’lib, 1 kilogramm mayiz tayyorlash uchun  esa o’rtacha 4-5 kilogramm uzum zarur hisoblanadi. Qolaversa, xorijga asosan eng sara mahsulotlar eksport qilinishini inobatga oladigan bo’lsak, ayrim tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari tomonidan  bojxona xodimlariga 1 kilogramm mayiz uchun noto’g’ri narx (0,40 AQSh dollari) ma’lumotlari taqdim etilganligi yaqqol namoyon bo’ladi.
       Shuni ta’kidlash joizki, O’zbekiston Respublikasida eksportni rivojlantirish bo’yicha yaratib berilayotgan shart-sharoitlarga qaramasdan ayrim qonunbuzarlar tomonidan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini respublikadan noqonuniy olib chiqishga urinish holatlari ham uchrab turibdi. Jumladan 2010 yilning birinchi yarmi davomida O’zbekiston Respublikasidan 1651 ta holatda 2,41 ming tonna qishloq xo’jaligi mahsulotlarini noqonuniy ravishda olib o’tilishi holatlari aniqlangan.
        Bu kabi holatlarni oldini olish, meva, sabzavot, poliz mahsulotlari va uzum resurslaridan oqilona foydalanish, ular bilan birinchi navbatda ichki bozorni to’ldirish, qayta ishlash korxonalari ehtiyojlarini ta’minlash, shuningdek, mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni puxta tashkil etish, eksportdan tushayotgan xorijiy valyutani nazorat qilish maqsadida O’zbekiston Respublikasida 2007 yildan boshlab bu kabi mahsulotlarni eksport qilish “O’zulgurjisavdoinvest” uyushmasi, “Matlubotsavdo” hududiy aktsiyadorlik kompaniyalari va ularning yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan bo’linmalari tomonidan amalga oshirilib kelinmoqda. Quritilgan va muzlatilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini esa yuridik shaxs maqomidagi tashkilotlar shartnoma asosida xorijga bemalol eksport qilishlari mumkin.
       Shunisi quvonarliki, Hukumat tomonidan ko’rilayotgan chora-tadbirlar natijasida O’zbekiston Respublikasidan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qonuniy eksport qilish hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Agarda ushbu ko’rsatkich 2008 yilda 394,7 ming tonnani tashkil etgan bo’lsa, 2009 yilda bu ko’rsatkich 440,0 ming tonnani, 2010 yilning 1-yarim yilligida esa 245,6 ming (2009 yilning 1-yarim yilligida 150,8 ming tonna) tonnani tashkil etgan.

 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM