ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
'Behayo" disklar
26.05.2009 10:51
          Tan olish kerak, axborot-komunikatsion texnologiyalarning hayotimizdagi o’rni, ahamiyati oshib boraverar ekan, bundan ba’zan jirkanch, nopok maqsadlarda foydalanishga urinadiganlar ham topiladi. Bir yaxshining bir yomoni deganlaridek, axborot texnologiyalari ayrim yaramas illatlarning avj olishiga ham sabab bo’lmoqda. Xususan, pornografiya va behayo mazmundagi media mahsulotlar butun dunyo bo’ylab tezkor ravishda yoyilmoqda.
         Afsuski, tobora global tus olayotgan bu muammo bizni ham chetlab o’tayotgani yo’q. Behayolikni targ’ib etuvchi pornografik mahsulotlarni yurtimizga olib kirishga urinadiganlar uchrab turibdi.
         Endigina 20 ni qarshilagan M.Rajabov va N.Fayziev buxorolik bojxonachilar oldida uyalib qolishdi. Chunki, Moskvadan uchib kelgan bu yigitlar uyatsiz va behayo filmlar yozilgan DVD disklarni yashirincha olib kirishga urinishgan ekan.
          Z.Baratov ham yuqoridagi qonunbuzarlarga tengdosh. Ammo, u behayo filmlarni tarqatib kun ko’radiganlar toifasidan chog’i, aks holda, 11 dona DWD disk va 2 dona videokassetalarni yurtimizga olib kirayotganda aeroportda qizarib-bo’zarib qolmagan bo’lardi.
         Qonunbuzarlar orasida ayollarning borligi o’ta ayanchlidir. Bojxona nazorati paytida, qo’shni davlat fuqarolari  G.Ahmedova va M.Tsxayning qo’l sumkalaridan  ham pornografik disklar topildi.

 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM