![]() |
Davlat Madhiyasi | 31 iyul 2010 | Ðóññêèé | Bosh sahifa | Manzilimiz |
|
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
|
|
Matbuot xizmati
Behayo biznes
18.08.2009 11:32
Bugun dunyo sivilizatsiyasi, texnika va texnologiyalar o’zgarib, tobora takomillashib bormoqda. Bu
insoniyat turmush sharoitini yanada yaxshilashga xizmat qilish bilan birga eng katta
xavf sifatida - insonlarning qalbi va ongiga nisbatan
jiddiy mafkuraviy hurujlarga
ham sabab bo’lmoqda.
Hayot qonuniga aylangan bir
haqiqat bor - insoniyat foydasiga xizmat qiluvchi har qanday kashfiyot
agar suiste’mol
qilinsa, o’zining salbiy ta’sirini namoyon qila boshlaydi. Tanganing
ikki tomoni bo’lgani kabi axborot texnologiyalari hayotimizni
yengillashtirish barobarida ayrim yaramas illatlarning avj olishiga ham
sabab bo’lishi
mumkin.
Õususan, pornografiya va behayo mazmundagi media mahsulotlar butun dunyo bo’ylab tezkor ravishda yoyilmoqda. Afsuski, tobora global tus olayotgan bu muammo bizni ham chetlab o’tayotgani yo’q. Behayolikni targ’ib etuvchi pornografik mahsulotlarni yurtimizga olib kirishga urinadiganlar uchrab turibdi. 22 yoshni qarshilagan T. Shamsutdinov buxorolik bojxonachilar oldida uyalib qoldi. Chunki, Moskvadan uchib kelgan bu yigit uyatsiz va behayo filmlar yozilgan 6 dona DVD disklarni yashirincha olib kirishga uringan ekan. O’ttizni qoralagan A.Abduvohidovni esa yosh deya olmaymiz. Ammo, u behayo filmlarni tarqatib kun ko’radiganlar toifasidan chog’i, aks holda, 430 dona pornografik ruhdagi filmlar va fotosuratlarni yurtimizga “Qorasuv” bojxona posti orqaliolib kirayotganda qizarib-bo’zarib qolmagan bo’lardi. Qonunbuzarlar orasida ayollarning borligi o’ta ayanchlidir. Bojxona nazorati paytida, “Moskva-Qarshi” aviareysi bilan uchib kelgan fuqaro A.Tursunovaning qo’l sumkasidan 3 dona pornografik mazmundagi disklar topildi. Davlat bojxona qo'mitasi
Matbuot xizmati |
| Barcha huquqlar himoyalangan. O'zR DBQ. © 2006 - 2007 Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan |