ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Aylanma yo’llarning poyoni
15.10.2008 15:31

Respublikamiz bojxonachilari qishloq xo’jaligi mahsulotlarining respublikamiz hududidan noqonuniy olib chiqilishining oldini olish maqsadida qator chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda.

Yaqinda, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari aylanma yo’llar orqali harakatlanayotgan fuqaro V.Tojiboev boshqaruvidagi “Kamaz-5320” rusumli avtomashinani tekshiruvdan o’tkazishdi.

Natijada, unda yangiqo’rg’onlik Yu.Iminjonovga tegishli, yurtimizda yetishtirilgan 10 tonna  xurmolar yuklanganligi va ular noqonuniy ravishda qo’shni davlatga olib ketilayotganligi ma’lum bo’ldi.

Viloyat bojxonachilari shunga o’xshash yana bir holatda fuqaroSh.Soatalievning  vazni 11 tonnadan ziyod uzumlarni aylanma yo’llar orqali chetga olib chiqishining oldini olishdi.

Namanganlik bojxonachilar aylanma yo’llarda harakatlanayotgan “UAZ” rusumli yukli avtomashinasini tekshirishganda, unda A.Atabaevga tegishli qariyb 2 tonna qizil loviyalar yuklanganligi aniqlandi. Surishtiruv davomida ushbu mahsulotlar qo’shni respublikaga noqonuniy olib ketilayotganligi oshkor bo’ldi.

Farg’ona viloyati bojxonachilari ham chegara qo’shinlari bilan hamkorlikda yirik miqdordagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari kontrabandasiga chek qo’yishdi. 

Fuqaro A.Malikov “Kamaz-53212” rusumli yuk avtomashinasiga                     7 tonnaga yaqin uzum, 2 tonnadan ortiq behi va anorlarni yuklab, qo’shni davlatga yashirincha olib chiqishga uringan ekan.

 Hozirda yuqoridagi qonunbuzarlik holatlari yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM