ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Aylanma yo’llardagi “volga”lar
12.01.2009 11:30

         Zaminimizda yetishtirilgan sarxil mevalaru, turli qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan talab har qachongidek bugun ham yuqori. Shukrki, bozorlarimiz ham, rastalarimiz ham bu ne’matlarga to’la. Turli noz-ne’matlarni ko’rib, yurtimizning qo’li gul dehqon-mirishkorlariga rahmatlar aytgingiz keladi.

          Bugun respublikamizda qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksporti uchun ham barcha qonuniy imkoniyat va shart-sharoitlar yaratib berilgan. Amaldagi tartib-qoidalarga  muvofiq bu kabi mahsulotlarning eksporti - mulkchilik shaklidan qat’iy nazar yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo’yilgan. 
         Shunday bo’lsada, xalqimiz rizqiga xiyonat qilayotgan ayrim “uchar” tadbirkorlar yurtimizda yetishtirilgan sara mahsulotlarni chetga noqonuniy ravishda olib o’tib, mo’may daromad orttirishga urinmoqdalar. Ularning qonunga zid xatti-harakatlariga respublikamiz bojxonachilari tomonidan o’z vaqtida chek qo’yilmoqda va noz-ne’matlar el dasturxoniga qaytarilmoqda.
        Farg’ona viloyati Beshariq tumanida istiqomat qiluvchi A. Mamadaliev 3 tonna-yu 200 kilogramm o’rik mag’zini o’zi boshqaruvidagi “GAZ-2410” rusumli avtomashinaga yuklab, ushbu mahsulotlarni bojxona nazorati o’rnatilmagan aylanma yo’llar orqali qo’shni respublikaga noqonuniy olib o’tmoqchi bo’lganida viloyat bojxonachilari tomonidan to’xtatib qolindi. 
       Andijonlik bojxonachilar ham “uchar tadbirkor”lardan biri A.Usmonovning noqonuniy xatti-harakatiga chek qo’yishdi. Gap shundaki, qonunbuzar 2,5 tonnadan oshiq sara nok va olma mevalarini “GAZ-2401” avtomashinasiga yuklab, ularni aylanma yo’llar orqali respublikamiz hududiga olib kirmoqchi bo’lgan ekan.
       Namangan viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari aylanma yo’lda harakatlanayotgan fuqaro F.Ismoilovboshqaruvidagi  “Isuzu”  rusumli avtomashinani to’xtatib, bojxona nazoratidan o’tkazishganda, haydovchining to’g’ri yo’l qolib “egri” yo’lni ixtiyor qilganligi bejiz emasligi oydinlashdi. Ma’lum bo’lishicha, respublikamiz fuqarosi R. Ismoilov umumiy qiymati 3 million 300 ming so’mlik jami 6 tonna loviyani hech qanday hujjatlarsiz chetga olib chiqib ketayotgan ekan.
     Fuqaro O’. Qo’chqorov 2 tonnadan ortiq sabzini qo’shni respublikaga noqonuniy ravishda olib o’tmoqchi bo’lganida aylanma yo’lda sirdaryolik bojxonachilarga duch kelib qolishini xayoliga keltirmagan edi.
       Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM