ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Aylanma yo’llardagi “tadbirkorlar”
16.01.2009 12:52
          Respublikamiz bojxonachilari qishloq xo’jaligi mahsulotlarining noqonuniy olib o’tilishiga qarshi qator chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqdà.

           Yaqinda farg’onalik bojxonachilar aylanma yo’llar orqali qo’shni davlat tomon harakatlanayotgan “Mersedes-Bents” rusumli mikroavtobusni nazoratdan o’tkazishganda, beshariqlik A.Soipov qiymati 7 million so’mdan ortiqni tashkil etuvchi, og’irligi qariyb 4 tonna olxo’ri qoqisini olib ketayotganligi aniqlandi.
            Surxondaryolik bojxonachilar ham qishloq xo’jaligi mahsulotlari kontrabandasi bilan bog’liq qonunbuzarlik holatini oshkor etishdi.   “Chaqar” harakatdagi bojxona posti xodimlari  “KamAZ”  rusumli yuk avtoulovini to’xtatib ko’zdan kechirishganida, unda hech qanday hujjatlarsiz qariyb 15 tonna piyoz olib kelinayotganligi ayon bo’ldi. Ma’lum bo’lishicha qiymati 9 million so’mga yaqin ushbu mahsulotlar sho’rchilik O’.Safarovaga tegishli ekan.       
            Andijon viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari ham shu kabi qing’irlikni fosh etishdi. Ular “KamAZ” rusumli yuk avtomashinasini tekshiruvdan o’tkazishganda  quvalik X. Qodirov 1 tonnadan oshiq olma va 7 tonnaga yaqin nok mevalarini Qirg’izistondan noqonuniy olib kelayotganligi ma’lum bo’ldi.
            Hozirda yuqoridagi qonunbuzarlik holati yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM