ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 6 sentabr 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Aylanma yo'ldagi valyutalar
04.02.2010 16:22

          Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanuvchi valyuta islohotlari ham  izchil amalga oshilirmoqda. Ayni paytda Respublikamizda jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqish tartiblarini belgilovchi barcha huquqiy asoslar ishlab chiqilgan.

 

 

       Jumladan, 1993 yil 7 maydagi “Valyutani tartibga solish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni hamda uning 2003 yil 11 dekabrdagi yangi tahriri, " O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 20 martdagi “Jismoniy shaxslarning naqd xorijiy valyutani olib kelishi va olib chiqib ketishini tartibga solish chora-tadbirlarito’g’risida"gi PF-1979-sonli farmoni va unga 2003 yil 28 iyuldagi PF-3284 sonli farmon asosida kiritilgan o’zgartirishlarga muvofiq rezidentlarga 2000 AQSh dollari ekvivalentidagi naqd xorijiy valyutani bojxona bayonnomasida yozma qayd etish sharti bilan erkin olib chiqib ketishlariga ruxsat etiladi. 2000 AQSh dollaridan ortiqcha miqdordagi valyutani olib chiqib ketish uchun esa O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki yoki vakolatli banklarning  ruxsatnomasi talab etiladi.
      Joriy etilgan amaldagi tartiblarga qaramay, naqd horijiy valyutalarni yashirincha olib chiqishga urinishlar ham uchrab turibdi. Andijon viloyati bojxonachilari chegara qo’shinlari xodimlari bilan hamkorlikda ana shunday qonunbuzarlik holatlarini muntazam fosh etishmoqda.
      Xo’jaobod tumanidagi aylanma yo’lda qo’shni davlat hududiga o’tishga uringan fuqaro F. Mamajonova bojxona nazoratidan o’tkazilganda ayol o’zi bilan 3100 AQSh dollarini yashirincha olib chiqishni ko’zlagani ayon bo’ldi.
     Buxorolik B.Yadgarovaning qora qilmishlariga ham Xo’jaobod tumanida nuqta qo’yildi. Qonunbuzar 3250 AQSh dollarini noqonuniy tarzda olib chiqishga uringan paytda bojxonachilar tomonidan to’xtatib qolindi.
     Shuningdek, naqd xorijiy valyutalarni noqonuniy ravishda olib chiqishga uringanlar ro’yxatida farg’onalik M.Aslonova va M.Xojimatovalar ham bor. Ular salkam 8200 AQSh dollarini yashirincha olib chiqishni ko’zlashgan edi. Ammo, bundan o’zlari pand yeyishdi, xolos!
       Ta’kidlash joizki, o’tgan 2009 yilda respublikamiz bojxonachilari naqd horijiy valyutalarning noqonuniy olib o’tilishiga oid salkam 6300 ta qonunbuzarlik holatlariga chek qo’yilgan. 

 

 

 


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM