ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
Aylanma yo’ldagi “Nokia”
04.09.2009 11:48
          Zamon shiddat bilan o’zgarib bormoqda, dunyoning narigi chetida ro’y bergan biron yangilik, qiziqarli ixtiro nihoyatda qisqa muddatlarda boshqa bir nuqtada aks-sado beradi. Atigi o’n yil avval hayotimizda ko’l telefonlari juda qiziq yangilik sifatida qabul qilinardi. Bugun kelib esa, har ikki yurtdoshimizning biri mobil xizmatlardan foydalanadi.

        Sababi, respublikamizda keng qamrovda olib borilgan aloqa va axborotlashtirish islohotlari samarasi o’laroq sifatli va arzon mobil aloqa faoliyati yo’lga qo’yildi deb to’la ishonch bilan aytishimiz mumkin. Shunga yarasha, abonentlar ehtiyojlaridan kelib chiqib, bugun savdo rastalari ham sifati kafolatlangan va eng so’nggi rusumdagi mobil telefonlarga to’lib bormoqda.
         Ammo, aholiga yaratilayotgan qulayliklardan mo’may daromad ilinjida, egri maqsadlarda foydalanib qolishga urinayotgan shaxslarning borligi achinarlidir. Ular tomonidan qing’ir yo’llar bilan sifati va bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlaydigan hujjatlari bo’lmagan uyali telefonlarning ichki bozorlarimizga olib kirilishiga o’z vaqtida chek qo’yilmoqda.
         Mazkur jarayonlarda respublikamiz bojxonachilarining ham ishtiroki muhim ahamiyat kasb etmoqda, ular tomonidan mobil telefonlar va turli aloqa vositalari kontrabandasiga qarshi tezkor chora-tadbirlar muntazam olib borilmoqda.
        Navoiylik bojxonachilar tomonidan “Toshkent-Nukus” yo’nalishida harakatlanayotgan “Mersedes-Bents” rusumli avtobus bojxona nazoratidan o’tkazilganda, tegishli hujjatlari bo’lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan   23 dona “Nokia” qo’l telefonlari olib ketilayotgani aniqlandi. Ma’lum bo’lishicha, buxorolik B.Mamatjonovga tegishli ushbu aloqa vositalarining umumiy qiymati 1,5 mln. so’mdan ortiq ekan.
         Qo’rg’ontepa tumanining chegaradosh hududdagi aylanma yo’lda yurtimizga kirib kelayotgan R. Sobirova Andijon viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari qarshisida “shoshib” qoldi. Sababi, bu ayolning yuklari orasidan topilgan, qiymati 1 mln. so’mdan ortiq 24 dona turli rusumdagi (“Nokia”, “Siemens”, “Samsung”) uyali telefonlarga tegishli bironta ham hujjatlar yo’q edi.
         Shuningdek, qonunbuzar M.Mirzaevning hatti-xarakatlariga ham nuqta qo’yildi. Bu yigit Xitoyda ishlab chiqarilgan, sifatiga kafolat bo’lmagan 5 xil turdagi 27 dona mobil aloqa vositalarini yashirincha olib kirib, pullashni rejalashtirgan ekan.
          Namanganlik bojxonachilar boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari bilan hamkorlikda yirik miqdordagi qo’l telefonlari kontrabandasiga chek qo’yishdi. Qamchiq dovonida harakatlanayotgan “GAZel” yuk mashinasi bojxona nazoratidan o’tkazilganda unda salkam 100 dona qo’l telefonlari noqonuniy tarzda olib ketilayotgani aniqlandi. Fuqaro U.Isaqov yashirincha olib ketayotgan, qiymati 4 mln. so’mdan oshiq 20 xil turdagi ushbu tovarlarga tegishli bironta ham xujjatni bojxonachilarga taqdim qila olmadi.

Davlat bojxona qo'mitasi
Matbuot xizmati

 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM