ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
3 ming, 16 ming, 35 ming ... AQSh dollari
19.05.2009 09:12

       
Naqd xorijiy valyutalarni bojxona chegaralari orqali noqonuniy ravishda olib o’tishga urinuvchilar valyuta bozorini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning izchilligiga salbiy ta’sir o’tkazishlari haqida o’ylashni istamaydilar. Chunki, ularni islohotlar samarasi emas, balki, mo’may daromad ko’proq qiziqtiradi.  

        Respublikamiz bojxonachilari esa naqd valyutani olib o’tish bilan bog’liq amaldagi tartib va me’yorlarni buzgan shaxslarning noqonuniy hatti-xarakatlariga o’z vaqtida chek qo’yishmoqda.
          Yaqinda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari yirik miqdordagi naqd xorijiy valyutalarning noqonuniy olib chiqib ketilishining oldini oldishdi. Fuqaro Petr Gostev davlat raqami 30 V 8328 bo’lgan “Neksiya” rusumli avtomobilida aylanma yo’llardan yursada baribir bojxonachilarga duch keldi. P.Gostevning egri yo’lni tanlashiga «egri» sabablari bor edi.  Bojxona nazorati davomida avtomobil o’rindiqlari ostidan topilgan ko’k paket haydovchining nega to’g’ri yo’l qolib, egrisidan yurganini fosh etdi.  Xolislar ishtirokida paket ochib ko’rilganda, unda salkam 35 ming AQSh dollari va 612 ming qirg’iz somi borligi aniqlandi.
         Fuqaro X.Toshev “Toshkent-Istambul” yo’nalishidagi parvozini vaqtida amalga oshirolmadi. Bunga esa sababchi o’zi. Chunki, u salkam 3300 AQSh dollarini bojxona bayonnomasidan ko’rsatmasdan, og’zaki so’rov paytida ma’lum qilmasdan olib o’tishga uringan edi.
         Yurtimizga kirib kelayotgan qo’shni respublika fuqarosi M.Asilbekov esa bojxona bayonnomasini to’ldirar ekan, yonida hech qanday naqd xorijiy valyutalar yo’qligini qayd etadi. Lekin, uning hatti-xarakatlari bojxonachilarda shubha uyg’otadi va o’tkazilgan tekshiruvlar natijasida M.Asilbekovning qo’l sumkalariga 16 ming 400 AQSh dollari  yashirilganligi aniqlandi.

 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM