ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Matbuot xizmati
125 kg geroinning yo’li to’sildi
26.08.2009 12:28
         So’nggi yillarda respublikamizda giyohvand moddalar savdosi va iste’moliga qarshi keskin choralar ko’rilayotgan bo’lsa-da, ayrim yoshlar hamon bu og’u komiga tushib qolmoqdalar. Yaramas illatning avj olishida esa narkokurerlarning alohida “hissa”si bor. Buni yaxshigina anglagan respublikamiz bojxonachilari esa giyohvand moddalarning noqonuniy olib o’tilishiga qarshi chora-tadbirlarni muntazam olib bormoqdalar.

          Yaqinda Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari boshqa huquni muhofaza etuvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda giyohvand moddalarni tashish bilan shug’ullanuvchi kimsalarni fosh etishdi. Boysun tumanida harakatlanayotgan “Nexia” avtomobili bojxona ko’rigidan o’tkazilganda yo’lovchilardan biri – xorij fuqarosi B.Uzbekovning o’zini tutishi soha xodimlarida shubha uyg’otdi. Shundan so’ng xolislar ishtirokida yo’lovchi va uning yuklari ko’zdan kechirilganda,  tselofan paketga mohirlik bilan o’ralgan giyohvand moddalar borligi aniqlandi. Eskpertlarning xulosasiga ko’ra, ushbu zahri qotil opiy giyohvandlik moddasi bo’lib, 321 gramm tosh bosar ekan.
         Denov tumanida bojxonachilar boshqa huquni muhofaza etuvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda fuqaro O.Eshmurodovning xonadonini qonunchilikda belgilangan tartibda ko’zdan kechirishdi. Natijada, xonadon tomorqasida tarkibida giyoxvand vositasi bo’lgan, o’ziga xos spetsifik xidga ega 7 tup  o’simliklar ekilganligi ma’lum bo’ldi. Bu hali holvasi. Giyoxvand vositalarini qidirishga o’rgatilgan xizmat itlari yordamida xonadon o’tinxonasiga 189 dona gugurt qutisiga joylangan  yashil rangli, o’tkir xidli giyoxvand vositalar yashirilganligi fosh etildi. Aniqlanishicha, 1.66 kg.dan ortiq mazkur giyohvand moddalarning barchasi “marixuana” og’usi ekan.
         Toshkent shahri bojxonachilari ham yirik miqdordagi giyohvand moddalar kontrabandasiga chek qo’yishdi. Oxangaronlik G.Mamajonova “Toshkent-Moskva” yo’nalishidagi parvozini qoldirishga majbur bo’ldi. Chunki, unga tegishli jomadonning ichki yon qismi devorlari oralig’idagi karton qoplamaga 1 kg.dan ortiq giyohvand moddalar xufyona joylashtirilgan ekan. Tezkor ekpertiza natijasiga ko’ra, ushbu og’u geroin moddasi ekanligi ma’lum bo’ldi. 
         Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza etuvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda o’tkazilgan tezkor tadbir chog’ida yirik miqdordagi giyohvand moddalar daliliy ashyo sifatida olib qo’yildi. Yangiyo’l tumanida  shubhali tuyulgan “Kamaz” yuk avtoulovi tegishli tartibda ko’zdan kechirilganda, yashiklardagi olmalar orasida turli hajm va o’lchamdagi 128 dona tselofan va qog’oz o’ramlar borligi aniqlandi. Xolislar ishtirokida tekshrilganda esa, o’ramlarga oz emas-ko’p emas, naqd 125.5 kg geroin va salkam 1 kg gashish moddasi yashirilgan ekan.  
          Agar ushbu giyohvand moddalar birovlar qo’liga tushib, tarqatilganida, iste’mol qilinganida edi, yana qancha odamning hayoti zaharlangan, shirin turmushi buzilgan va ehtimolki, yangi-yangi jinoyatlarga zamin yaralgan bo’lardi

Davlat bojxona qo'mitasi
Matbuot xizmati


 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM