ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Milliy kinologiya markazi

             Uchinchi ming yillik boshida xalqaro narkokorchalonlar qachonlardir Buyuk  ipak yo’lining karvonlari o’tgan qadimiy yo’nalishlardan narkotiklarni MDH mamlakatlariga, Yevropa va Amerika davlatlariga g’ayriqonuniy tranzit qilish uchun foydalanishga urinmoqdalar. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning shaxsan tashabbusi bilan 1996 yilda tashkil etilgan Davlat bojxona qo’mitasining Milliy kinologiya markazi (MKM) narkomafiya va boshqa kontrabandachilarning rejalarini barbod etishga mo’ljallangan. Uning shakllanishiga Jahon bojxona tashkiloti va BMTning narkotiklar ustidan nazorat qilish dasturi (YuNDKP)ning O’zbekistondagi vakolatxonasi yordam berdi.
           Ushbu noyob va Markaziy Osiyoda yagona bo’lgan muassasa O’zbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining kinologiya xizmatlarini uslubiy ta’minlash, kinolog mutaxassislarni tayyorlash, nasldor xizmat itlarini tayyorlash va o’rgatish bilan shug’ullanadi.
            1993 yil oktyabrida O’zbekiston Respublikasi  Davlat bojxona qo’mitasi huzurida kinologiya xizmati barpo etildi. 1996 yil 24 oktyabrda respublika hukumati tomonidan “Milliy kinologiya xizmatini tashkil etish to’g’risida” qaror qabul qilindi.
            Poytaxtning chekka qismida joylashgan va 12 gektar yerda barpo etilgan Milliy kinologiya markazi shu yillar davomida qurildi va rivojlandi. MKM o’z faoliyatining dastlabki yillaridayoq voler qismi bunyod qilindi va o’quv jarayoni boshlandi, ko’p o’tmay dastlabki o’ttiz nafar kinolog mutaxassis ana shu o’ziga xos o’quv dargohini tugalladi.
            1999 yilda BMT ekspertlari Milliy kinologiya markaziga xalqaro markaz maqomini berib, ko’plari xorijdagi yetakchi kinologiya markazlarida o’z malakasini oshirgan xodimlarning kasbiy mahoratini munosib baholadilar. 
MKM yuqori malakali mutaxassislar bilan jamlangan, shu jumladan, xorijdan ham elita naslli itlarni xarid qilish masalasi hal qilingan. Itxonani to’ldirish uchun bu yerda nasl olish bilan ham shug’ullanadilar. Bu yerda nemis ovcharkasi, labrador, ingliz kokker-spanieli, rotveyler, rus spanieli va qora terer zotlariga mansub itlar bor.
           Milliy kinologiya markazida kinolog kursantlar va xizmat itlarini himoya qilish – qorovullik, izquvarlik-qidirish xizmatini o’tashga, narkotik moddalar, jabrlangan kishilar, portlovchi moddalarni izlashga o’rgatishadi. BMTning Narkotiklar ustidannazorat qilish va jinoyatlarning oldini olish boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi bilan xalqaro hamkorlik dasturi doirasida “Narkotik moddalarni izlash” yo’nalishi bo’yicha 2002 yilda Tojikistondan kelgan kinologlar o’z xizmat itlari bilan birga o’qitildi. 2003 yilda Mo’g’uliston bojxona ma’muriyati kinologiya xizmatining bir qancha xodimlari o’z itlari bilan dastlabki tayyorgarlikdan o’tdilar.
             MKMda Frantsiya kinologlari bir necha marotaba bo’ldilar, o’z ish tajribalarini bizning mutaxassislarimiz bilan baham ko’rdilar. Eron Islom Respublikasidan kelgan hamkasblarimiz esa o’zbek bojxonasi kinologiya xizmatining ishlash shakl va usullarini o’rganishdi. 2002 yil kuzida xizmat itlarini o’rgatish paytida bo’lgan, Buyuk ipak yo’lida joylashgan mamlakatlar bojxona xizmatlari rahbarlarining xalqaro konferentsiyasi ishtirokchilari MKM mutaxassislarining faoliyatiga yuqori baho berishdi.

 





 






 
  Amaliy mashg'ulotlar
 

 
 
 

 




Tug'ruq bo'limining yozgi hovlisi 
 
 
 Kuchukchalarning mashq maydoni
 
 

 
Mashg'ulotlar uchun yopiq maydon

 


Xizmat  itlari uchun mo'ljallangan karantin bo'limi 

Muolajalar xonasi
 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM