Import operatsiyalarining amalga oshirilishi to’g’risidagi qisqacha axborot
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1998 yil 8 aprelda 428 raqam bilan ro’yxatga olingan “Eksport-import yuklarini rasmiylashtrishda bojxona organlariga taqdim etiladigan hujjatalar ro’yxati”ga muvofiq import tovarlarni rasmiylashtirishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi
1. Kontrakt (shartnoma, kelishuv);
2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan alohida turdagi tovarlar uchun muvofiqlik sertifikati;
3. Tovarning kelib chiqish sertifikati (agar shartnomada uning bo’lishi ko’rsatilgan, olib kirilayotgan mamlakat milliy qoidalarida yoki O’zbekiston Respublikasi xalqaro majburiyatlarida belgilangan bo’lsa);
4. Qonunchilikda belgilangan hollarda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida kontrakt (shartnoma, kelishuv) ro’yxatga olinganligi to’g’risida sertifikat yoki shartonamni vakolatli bankda ro’yxatga olinganligi to’g’risida belgi;
5. Import kelishuv bitimi (chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning nizom jamg’armasiga tovar yetkazib berish va shuningdek texnik, gumonitar yordam doirasida beg’araz sifatida yetkazib beriladigan tovarlardan boshqa hollardan tashqari);
6. Bojxona to’lovlarini to’lab berganlik to’g’risidagi to’lov hujjati (to’lov topshiriqnomasi, kvitantsiya, solishtiruv dalolatnomasi va boshqalar). Agar bojxona to’lovlaridan kechiktirib yoki bo’lib-bo’lib to’lashga ruxsat berilgan bo’lsa, DBQ hududiy boshqarmasining ruxsat berilganligi to’g’risidagi xati;
7. Bojxona yuk deklaratsiyasi;
8. Transport va yuk-kuzatuv hujjatlari (invoys);
9. Fitosanitar sertifikat, karantin (vetrenar) sertifikat, don va dondan tayyorlangan mahsulotlar (TIF TN kod raqami 071310-071333, 0713400000, 0713900000, 1001-1007, 100810000-100820000, 100890, 1101-1104, 1201, 1202, 120400 – 1207) uchun sifat sertifikati;
10. Litsenziya (litsenziyaga tushadigan tovarlar uchun)
11. Lozim bo’lgan hollarda boshqa vakolatli organlarning ruxsatnomalari.
Bundan tashqari tijorat faoliyati uchun mo’ljallangan tovarlarni olib keluvchi jismoniy shaxslar ("chetdan tovar olib keluvchilar") yuridik shaxs bo’lmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida davlat ro’yxatidan o’tishlari shart.