ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 10 mart 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Oliy harbiy bojxona instituti | Matbuot xizmati | Manzilimiz | www.gov.uz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Fuqarolarning murojaat shakllari va qabul ro'yxati

Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tartibi

        O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash O’zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrdagi “Fuqarolar murojaatlari to’g’risida”gi ¹ 446-11 – sonli Qonuni asosida olib boriladi.
         Fuqarolarning murojaatlari og’zaki yoki yozma shaklda kiritiladi. Fuqarolarning og’zaki va yozma murojaatlari bir xil ahamiyatga ega.
         Fuqarolarning murojaatlari ariza, taklif yoki shikoyat ko’rinishida bo’lishi mumkin.
        Ariza fuqarolarning o’z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro’yobga chiqarishda yordam ko’rsatish to’g’risidagi iltimosi bayon etilgan murojaatidir.
    Taklif
fuqarolarning davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarini o’z ichiga olgan murojaatidir.
        Shikoyat fuqarolarning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklash to’g’risidagi talabi bayon etilgan murojaatidir.
        Murojaatlarda fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatilgan, ariza, taklif yoki shikoyatning mohiyati bayon etilgan bo’lishi kerak.
        Yozma murojaatlarda murojaat etuvchining imzosi bo’lishi lozim. Murojaatga shaxsiy imzo qo’yish imkoni bo’lmagan taqdirda, bu murojaatlar uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi, ismi, otasining ismi ham yozib qo’yiladi.
        Fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatilmagan yoki u haqda soxta ma’lumotlar ko’rsatilgan, shuningdek imzo qo’yilmagan yozma murojaatlar anonim deb hisoblanadi va ko’rib chiqilmaydi.
       Fuqaro ariza, taklif va shikoyatni shaxsan berishga, shuningdek bu boradagi vakolatni o’z vakiliga berishga yoki murojaatini aloqa vositalari orqali yuborishga haqli/
        Ariza, taklif va shikoyatga ular yuzasidan ilgari qabul qilingan, fuqarodagi mavjud qarorlar (yoki ularning nusxalari), shuningdek ariza, taklif va shikoyatni ko’rib chiqish uchun zarur bo’lgan boshqa hujjatlar ilova qilinishi mumkin.
       Fuqarolarning murojaatlarini har taraflama mufassal va xolisona ko’rib chiqish uchun qo’shimcha axborotlar, ma’lumotnomalar va materiallarga zarurat paydo bo’lsa, mazkur murojaatni ko’rib chiqayotgan DBQning mansabdor shaxsi qo’shimcha axborot to’plashi mumkin.
      Fuqarolarning murojaatini ko’rib chiqayotgan DBQning mansabdor shaxsi zarur hollarda murojaat joyning o’zida ko’rib chiqilishini ta’minlashi kerak.
       Alohida hollarda, murojaat etgan shaxsning o’zi yoki boshqa shaxs yo’qligida murojaatni ko’rib chiqishning imkoni bo’lmasa, ular DBQning mansabdor shaxsi tomonidan chaqirilishi mumkin.
        Fuqarolarning takliflari tushgan kundan e’tiboran bir oygacha bo’lgan muddat ichida ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno va bu haqda taklif kiritgan shaxsga o’n kunlik muddat ichida ma’lum qilinadi.
        Ariza yoki shikoyatlar masalani mohiyatan hal etishi shart bo’lgan davlat organiga tushgan kundan e’tiboran bir oygacha bo’lgan muddat ichida, qo’shimcha  o’rganishni va tekshirishni talab etmaydigan ariza yoki shikoyatlar esa o’n besh kundan kechiktirmay ko’rib chiqiladi.
        Ariza yoki shikoyatni ko’rib chiqish uchun tekshirish o’tkazish, qo’shimcha materiallar talab qilib olish yoki boshqa chora-tadbirlar ko’rish zarur bo’lgan hollarda, ariza yoki shikoyatni ko’rib chiqish muddati tegishli davlat organi rahbari tomonidan istisno tariqasida uzog’i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki shikoyat bergan shaxsga ma’lum qilinadi.
        Agarda fuqaro berilgan javobdan qanoatlanmasa, ko’shimcha tushintirish olish uchun DBQ yoki tarkibiy tuzilma rahbariyati qabuliga yozilishi mumkin.
        Fuqarolarni qabul qilish tasdiqlangan jadval asosida amalga oshiriladi.
       Fuqaro og’zaki murojaat etayotganda o’z shaxsini tasdiqlovchi hujjat ko’rsatishi kerak.
        Fuqaroni qabul qilish, agar uning bir necha bor qilgan murojaati asossiz, qonunga xilof xususiyatda bo’lsa yoki uning murojaati bo’yicha qaror qabul qilib bo’lingan bo’lsa, rad etilishi mumkin.
        Fuqarolarning murojaatlarini qabul qilishni va ko’rib chiqishni asossiz ravishda rad etish, ularni ko’rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, qonunga zid qaror qabul qilish, fuqaroning buzilgan huquqlari tiklanishini hamda shikoyat munosabati bilan qabul qilingan qaror bajarilishini ta’minlamaganlik, fuqaroga uning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor bo’lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini berishni asossiz ravishda rad etish yoki fuqarolarning shaxsiy hayotiga doir ma’lumotlarni ularning roziligisiz oshkor etish, fuqaroni murojaat qilganligi uchun ta’qib qilish, shuningdek fuqarolarning murojaatlari to’g’risidagi qonun hujjatlarini boshqacha tarzda buzish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo’ladi.
        Fuqaroning tuhmat va haqoratdan iborat ariza, taklif yoki shikoyat berganligi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo’ladi.
         Bila turib soxta ma’lumotlar bayon etilgan murojaatlarni tekshirish munosabati bilan DBQtomonidan sarf qilingan xarajatlar fuqarodan sudning qaroriga binoan undirib olinishi mumkin.
        Fuqarolarning murojaatlari munosabati bilan zararning o’rnini qoplash va ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish to’g’risidagi nizolar sud tartibida ko’rib chiqiladi.
          DBQda fuqarolarning yozma va og’zaki murojaatlari bo’yichaishlarni tashkil etish Ishlar boshqarmasiga yuklatilgan.
            DBQ raxbariyati qabuliga yozilish yoki qo’shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi telefon raqami orqali murojaat etish mumkin:    120-76-15  (21-53, 21-04)

Yozma murojaatlarni qabul qilish:

        Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma:  soat 9.30 dan 17.30 gacha;
        Shanba, yakshanba: 9.30 dan 16.30 gacha

Manzil
100003, Tashkent sh., O’zbekiston shox ko’chasi, 3 tel.: (+998 71) 120-76-31
faks: (+998 71) 120-76-41 e-mail: info@customs.uz veb site: www.customs.uz

                          DBQ rahbariyati tomonidan fuqarolarni qabul qilish jadvali



        Ismi sharifi

       Qabul haftalari


    Qabul kunlari

 

1.

Rais – Nasirov Sadirxon Xolxo'jayevich

   Oyning birinchi va uchinchi haftalari,
qabul vaqti - 10:00-12:00

      shanba

2.

 

 

Raisning birinchi o'rinbosari-Xayrullayev Shuxrat Sharipovcih

Oyning birinchi va uchinchi haftalari,
qabul vaqti - 15:00 - 17:00

    chorshanba

 

3.

 

 

Rais o'rinbosari-
Raimov Baxtiyor Yaminjonovich

Oyning birinchi va uchinchi haftalari,
qabul vaqti - 15:00 - 17:00

     chorshanba

 

 

4.

 

 

Rais o'rinbosari-
Mansurov Rustam Renatovich

Oyning ikkinchi va to'rtinchi haftalari,
qabul vaqti - 15:00 - 17:00

     chorshanba

 

 

5.

 

 

Rais o'rinbosari-
Akmalov Qahramon Valiyevich

Oyning birinchi va uchinchi haftalari,
qabul vaqti - 15:00 - 17:00

     dushanba

 

 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM