ôëàã Ðóñïóáëèêè Óçáåêèñòàí Davlat Madhiyasi 31 iyul 2010       Ðóññêèé Bosh sahifa | Manzilimiz
O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi
Sayt sahifalari

 

 
Oliy harbiy bojxona instituti

 
Milliy kinologiya markazi

Eksport operatsiyalarini amalga oshirish bo'yicha qisqacha ma'lumot

O’zbekiston Respublikasida tovarlar eksporti bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibi to’g’risida qisqacha ma’lumot

O’zbekiston Respublikasidan tovarlarni eksport qilinishi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan tuzilgan tashqi savdo shartnomalari asosida amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 1999 yil 15 oktyabrda 832-raqam bilan ro’yxatdan o’tgan “O’zbekiston Respublikasi Bojxona organlarida kontraktlar (shartnomalar) va bitimlarni hisobga qo’yish tartibi” asosida qaytib olib kirish majburiyatini olmagan holda tovarlarni bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga tuzilgan shartnomalar respublika vakolatli idoralarida (Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, tijorat banklar) belgilangan tartibda ro’yxatga olingandan so’ng bojxona idoralarida hisobga olinadi. Jumladan:
• eksport shartnomalari - 3 ish kuni davomida, ariza bojxona idoralariga kelib tushganidan so’ng;
• markazlashtirilgan, hukumatlararo shartnomalar hamda sabzavot-mevalar va ularni qayta ishlash mahsulotlarini olib chiqish shartnomalari - 2 ish kuni davomida.

Shartnomalarni bojxona idoralarida hisobga olinishi uchun quyidagi xujjatlar taqdim etiladi:
• Shartnomani hisobga qo’yish haqida ariza;
• Xo’jalik yurituvchining KTUT kartochkasidan ko’chirilgan nusxa (bojxona idorasiga birinchi marta murojaat qilinganida va KTUT kodi o’zgarganda takroran taqdim etiladi);
• Vakolatli idoralar tomonidan ro’yxatga olingan va rasmiylashtirilgan shartnomaning asl nusxasi va uning ko’chirma nusxasi;
• Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining shartnomani ro’yxatga olish sertifikati (qonunda belgilangan hollarda);
• Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining kvotalangan tovarni olib chiqish huquqini beruvchi litsenziyasi (ushbu hujjat talab qilinganda);
• Vakolatli bankning identifikatsiya raqami;
• Qonunda belgilangan hollarda shartnomani tuzish uchun asos bo’lib xizmat qiladigan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, farmoyishi;
• O’zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo’mitasi, Sog’liqni saqlash vazirligi va boshqa vakolatli vazirliklar va idoralarning O’zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan xulosalari (ushbu hujjatlarni taqdim etish talab qilinganida);
• O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bepul asosda tovarlarni texnik yoki gumanitar yordam doirasida yetkazib berish uchun bayonnoma xulosasi.


O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 1998 yil 8 aprelda 428-raqam bilan ro’yxatdan o’tgan “Eksport-import yuklari rasmiylashtiruvida bojxona idoralariga taqdim etiladigan xujjatlar ro’yxati”ga muvofiq tovarlar eksporti bojxona rasmiylashtiruvi quyidagi xujjatlar asosida amalga oshiriladi:

• Respublika tegishli vakolatli idoralarida belgilangan tartibda ro’yxatga olingan shartnoma;
• Bojxona yuk deklaratsiyasi;
• Litsenziya (litsenziya talab etiladigan tovarlar rasmiylashtiruvida);
• Vakolatli bank tomonidan berilgan “Hisob-kitob ma’lumotnomasi”;
• Transport va yuk kuzatuv xujjatlari;
• Muvofiqlik sertifikati (majburiy sertifakatlanishi lozim bo’lgan tovarlar rasmiylashtiruvida);
• Tegishli hollarda vakolatli idoralar ruxsatnomasi;
• Bojxona to’lovlari to’langanligi tasdiqlovchi to’lov xujjatlari. Bojxona to’lovlaridan imtiyozlar (to’lov muddatini uzaytirish yoki kechiktirib to’lashlar) mavjud bo’lganda to’lov xujjatlari o’rniga Davlat bojxona qo’mitasining tegishli hududiy boshqarmasi tomonidan berilgan xulosa xati.

 
 
 
Bojhona Qonunchiligi
Foydalanuvchilar uchun
Login
Parol



O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va Savdo Vazirligi

Barcha huquqlar himoyalangan.
O'zR DBQ. © 2006 - 2007
Web-sahifa "Sim-Aloqa" tashkiloti tomonidan yaratilgan

Hosting by UZINFOCOM