|
|
| |
02.04.2010 14:15
O'yinchoq shunchaki ovunchoq emas!
O’yinchoqni ovunchoqqa, ermakka mengzaymiz. Ammo ularning endigina shaklu shamoyil topayotgan bola ongida toshga o’yilgan naqsh misoli o’z izini, ta’sirini qoldirishini inobatga olsak, mazkur masalaning naqadar jiddiy ekanligi yanada oydinlashadi. Dunyoni o’z domiga tortayotgan “ommaviy madaniyat”ning qo’g’irchoqlarda ham tobora kengroq aks etib borayotgani esa murg’ak qalb sohiblarini sifatsiz va tarbiyada tariqchalik roli yo’q “ovunchoq”lardan himoya qilishdek muhim hayotiy zaruratni yuzaga chiqarmoqda.
|
| |
27.03.2010 16:16
Namanganning "olma"si...
Erta bahorda turli sabzavotlar va meva-chevalarga bo’lgan ehtiyoj biroz ortadi. Ayrim “tadbirkor”lar esa ayni shu ehtiyojdan foydalanib mo’may daromad orttirib qolishga urinishadi. Tadbirkorlik uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, shart-sharoitlar va qulay tartiblarni chetlab o’tgan holda “egri” yo’llarni ixtiyor etishadi. Davlat bojxona qo’mitasi tomonidan esa qishloq xo’jaligi mahsulotlarining yurtimiz sarhadlari orqali noqonuniy olib o’tilishiga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar muntazam olib borilmoqda.
|
| |
20.03.2010 15:50
Soxta “attor”lar
Ma’lumki, tashqi go’zallik, pardoz-andoz uchun xizmat qiluvchi parfyumeriya va kosmetika vositalarining tarkibida kimyoviy moddalar juda katta miqdorni tashkil qiladi. Kosmetika sanoatida ishlatiladigan 160 ga yaqin kimyoviy moddalarning 95 foizi neftdan olingan holda, ularda salomatlik uchun zararli xususiyatlar mavjudligi olimlar tomonidan isbotlangan. Tasavvur qiling, asl kosmetika mahsulotlarida salomatlik uchun shuncha xavf bor ekan, ularning qalbaki, kontrafakt nusxalari yanada jiddiy tahdid ekanligini anglash qiyin emas.
|
| |
15.03.2010 13:03
Tayson”ning noqonuniy “parvozi”
Kundalik ehtiyojlarimiz bois, ayniqsa oziq-ovqatlar uchun har kuni yoki kunora bozor-o’char qilishimizga to’g’ri keladi. Peshona terimiz evaziga topilgan daromadga albatta, sifatli va ishonchli mahsulotlarni xarid qilishga harakat qilamiz. Sotib olingan boshqa tovarlardan ko’ra oziq-ovqatlar, ayniqsa go’sht mahsulotlarining sifati talabga javob bermasa ikki tomonlama ziyon ko’ramiz – ham cho’ntakka, ham salomatlikka!
|
| |
09.03.2010 12:54
Tamakifurushlar
Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko’ra, chekishning zararli oqibatlari tufayli dunyoda har yili 5 million odam olamdan o’tadi. Shu boisdan, tarkibida 4 mingdan ortiq zaharli moddalar bo’lgan tamaki mahsulotlari Sog’liqni saqlash idoralarining ogohlantirishlari qayd etilgan holda qadoqlanadi. Qadoqlardagi aksiz markalari esa tamaki mahsulotining qonuniy talablar asosida ishlab chiqarilganini tasdiqlovchi o’ziga xos yorliqdir ham. Ammo, yashirin ravishda yurtimizga olib kirilgan va sifati kafolatlanmagan sigaretlar haqida bunday deb bo’lmaydi. Ayniqsa ayrim tamaki mahsulotlari tarkibida zaharli moddalarning nisbatan ko’pligi bilan ham juda xavflidir.
|
|
|